1.Yashirin (inkubatsion yoki latent) davri- turli kasalliklarda turlicha (grippda 24-36 soat, qizamik kasalida 2-6 kun va h.k.)bo’lib, bu vaqtda organizmdagi mikroblarning ko`payishini va uning ta’sirini odam bilmaydi. Shuning uchun kasallikning bu davrini yashirin davr deb ataladi. bu davr kasallikning oldini olishda katta axamiyati bor.
2. Kasallik boshlangan (prodromal) davri. Bu vaqtda kasallikning birinchi belgilari ko`rina boshlaydi. ishtaha yo`qolib, odam bushashadi, harorat ko`tariladi.
3. Kasallikning kuchaygan davri. Bu vaqtda har bir kasallikning o`ziga xos belgilari rivojlanib, organizmda patologik o`zgarishlar paydo bo’ladi. bu belgilar (simptom) va o`zgarishlar har xil kasallikda (terlama, zotiljam va h.k.)turli vaqtda o`tadi. kasallikdagi patologik o`zgarishlar odamning sog`ayishi vaqtida yo`qoladi. kasallik davri o’tkir, o`rtacha o’tkir va cho`ziluvchan (surunkali) davrlarga bo`linadi. o’tkir boshlangan kasallik odatda bir necha kun yoki hafta davom etadi. kasallikning o`rtacha o’tkir davri oylab, surunkali davri esa yillab davom etadi. ba’zida kasallik qaytalanishi yoki asosiy kasallikga boshqa kasalliklar qo`shilishi mumkin. ko`pincha kasallangan odam butunlay sog`ayadi. ba’zida qisman sog`ayish yoki o`lim bilan tugashi xam mumkin. odam butunlay sog`ayganda kasallik belgilarining barchasi yo`qolib, organizm o`z vazifalarini normal bajarish holatiga qaytadi. qisman sog`ayganda esa bemor tanasida kasallikning ba’zi asoratlari simptomlari (yo`tal, nafas siqishi va h.k.) saqlanadi.
http://fayllar.org