E
=
hv
ga ega bo„ldi. Ushbu jarayonning
kulminatsiyasi sifatida esa, 1920-yillarda yangi ilmiy soha – kvant mexanikasining
yuzaga chiqishi sodir bo„ldi.
Kvant mexanikasi bu – ilm fanda atom va yadroviy fenomenlarni o„rganiuvchi
nazariy bilimlar sohasidir. Bu fan zamonaviy ilmlarning tayanchlaridan va ilg„or
sarhadlaridan biridir. Maks Plank kvant mexanikasining shakllanishida va oyoqqa
turishida ishtirok etmadi, bu bilan nisbatan yoshroq fiziklar: Shryodinger, Dirak,
Geyzenberg, Bor, Yordan, Pauli singarilar shug„ullanishdi. Lekin baribir kvant
fizikasiga asos solgan umume‟tirof etilgan inson sifattida aynan Maks Plank tan
olinadi chunki aynan u materiyaning atom tabiatini angalshda ilk qadamlarni tashlab
berdi va ilk eng muhim kashfiyotni amalga oshirdi. Bu ma‟noda uni chinakam
inqilobchi deyish o„rinli bo„lsa kerak. O„z kashfiyoti uchun Maks Plank 1918 yilda
Nobel mukofotiga sazovor bo„lgan edi.
XX asr boshida olim yevropaning eng ko„zga ko„ringan mashhur fiziklaridan
biriga aylandi. Uning termodinamikaga qo„shgan xissasi ham beqiyosdir. Fizikaning
bu sohasini hech kim uningchalik darajada o„zlashtirgan emas edi. Shuningdek Maks
Plank Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasining rivojlanioshida ham katta xissa
qo„shdi. Uning qora jism borasidagi tadqiqotlari, o„zining bevosita ilmiy
ahamiyatidan tashqari yana ikkita yangi universial konstantalarning kiritilishiga olib
keldi. Ular asosida Plank tomonidan, vaqt, massa, uzunlik va harorat uchun o„clhov
birliklari tizimi ishlab chiqildi. Biz ularni hozirda boshqa o„lchov birliklaridan
mustaqil bo„lgan
Plank o„lchov birliklari tizimi
sifatida yaxshi bilamiz.
Olim ancha nuroniy yoshga kirib, 89 yoshida vafot etdi. U Germaniyaning
oyoqqa turishi, rivojlanishi va ikkinchi jahon urushidan keyingi vayronaga aylanishi
jarayonlarining guvohi bo„ldi. Maks Plank 1858 yilda tug„ilgan edi va uning bolalik
hamda yoshlik yillari ikkinchi Imperiya davriga to„g„ri keldi. Olim millatchilik va
aqidaparastlik ruhiyati hukmron bo„lgan muhitda katta bo„ldi. Germaniyaning sanoat,
ilmiy-texnikaviy jihatdan gullab-yashnagan davrlarida Plank eng nufuzli ilmiy
muassasalarda va jamiyatlarda o„ta mas‟uliyatli lavozimlarda ishladi (chunonchi u
Berlin universitetining rektori bo„lgan). Maks Plank bir necha o„ta og„ir shaxsiy
fojealarni boshdan kechirdi. U ayniqsa ikki o„g„li va ikki qizidan ajralganidagi
judoliklarni qattiq iztiroblar iskanjasida, g„oyat mashaqqat bilan yashab o„tdi.
Birinchi jahon urushi asnosida deyarli butun mamlakatni qamrab olgan
millatchilik ruhiyatiga qaramasdan, jang maydonida qurbon bo„lgan birinchi o„glining
o„limi olimga juda qattiq zarba bo„lgan edi. Jahon urushlari oralig„idagi qisqagina
10
tinchlik zamonasida Plank, olmon jamiyatining ilm-fan va texnikaga oid siyosatlarni
yuritishda eng nufuzli mansablarni egallab keldi. Lekin zamonning o„zi alg„ov-
dalg„ov edi. Moddiy resusrlar yetishmas, boz ustiga mamlakatda doimiy siyosiy va
iqtisodiy bo„hronlar tinmasdi. Olimning gitletchilar siyosati bilan munosabati
murakkab va ziddiyatli bo„lgan. Ikkinchi jahon urushining yakuniy pallalarida Plank
yana bir o„g„lidan judo bo„ldi. Ervin Plankni nemis fashist natsistlari qatl etishdi.
Ervin 1944 yil oktaybrida polkovnik Shtauffenberg va reyxskansler la‟nati gitlerning
joniga qilingan suiqasd, ya'ni, «Valkiriya» operatsiyasiga aloqador deb topildi.
Olimning olmon ilm-fanida egallagan obro„ e‟tibori ham, nemis ilmiy jamoatchiligi
oldidagi ko„rsatgan yuksak xizmatlari ham o„g„lini qutqarib qolishi uchun yordam
bear olmadi.
Maks Plank shuningdek ilm-fanning va bilish jarayonining falsafiy mohiyati
bilan ham shug„ullangan. U o„z davrining eng ko„zga ko„ringan faylasuflaridan
bo„lgan Ernst Max bilan, ilmiy tadqiqotlar va ularning tabiati borasdagi jadal falsafiy
munozaralarni olib borgan edi. Hayotining so„nggi yillarida Maks Plank ilm-fan, din,
e‟tiqod, falsafa kabi sohalarni qamrab oluvchi bir necha ilmiy-ommabop mashhur
maqolalarni yozdi va ular keng jamoatchilik tomonidan qizg„in qarshi olindi.
Kvant fizikasi bizning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni o„zgartirib
yubordi. U bugun allaqchon hayotimizga kirib kelib, turmush tarzimizda muqim
o„rnasihib qilgan ko„p sonli texnologik yangiliklarga yo„l ochib berdi. Lekin biz bu
borada kashf etayotgan har bir yangi ochilishlar ortidan o„nlab yangi g„aroyib savollar
maydonga chiqmoqda. Maks Plank olam tuzilishi va uning fenomenlari haqida
yanada ko„proq bilishni taqozo etuvchi ichki ehtiyojni doimiy his etib turardi va
aynan ushbu ehtiyoj undagi muttasil, betinim ilmiy izlanishlar uchun turtki beruvchi
kuch bo„lib xizmat qildi. Haqiqat va mutlaq haqiqatni izlash masalasi olimning
murakkab va sertashvish hayotida yo„lchi yulduz yanglig„ namoyon bo„ldi.
«Arian-5» raketasi samoga nafaqat yuzlab tonna yoqilg„i bilan, balki biz
insonlarning o„zimiz yashayotgan olam haqidagi eng inja sirlarni bilishga bo„lgan
azaliy oruz-umidlarimiz bilan birgalikda parvoz qildi...
11
1909
yil Mariya Plank (Merk) vafot etdi.
Bir yil o„tib Maks Plank ikkinchi
marta turmush qurdi. U birinchi
xotinining
jiyani
Marga
fon
Xyosslingga uylandi.
Dostları ilə paylaş: |