PLANK VA MUSIQA
XIX asr oxiri va XX asr boshi Yevropasida kishilardagi musiqadan xabardorlik jihati,
ularning yaxshi tarbiya ko„rganlik belgisi sifatida qarlagan. Aksariyat burja
xonadonlarida albatta fortepiano bo„lgan. Arxiv hujjatlariga ishonsak, 1845 yilda
Parijda 60000 dona fortepiano bo„lgan ekan. XIX asrda Germaniya Yevropaning
musiqiy markaziga aylangan edi. O„z davrining eng mashhur bastakorlari bo„lgan
Betxoven, Brams, Mendelson, Shuman, Vagner va Maler kabi shaxslar aynan nemis
millatiga mansub bo„lishgan. Plank yaqindan tanish bo„lgan fizik olimlarning
aksariyati ham biror musiqa asbobi juda yaxshi chala oladigan kishilar bo„lishgan.
Masalan, Eynshteyn fortepiano va skripkada kuy chalgan, Geyzenberg esa pianino
chalishda mohir bo„lgan. Kelib chiqishiga ko„ra olmon bo„lgan Golland fizigi Pol
Erenfest (1880-1933) ham pianinoni mahorat bilan chalgan. Erenfest va Eynshteyn
bigalikda Bramsning sonatalarini katta mahorat bilan chalishganiga ko„pchilik guvoh
bo„lgan. Plankning o„zi esa universitet xor jamoasida yakkaxon chiqishlarni mahorat
bilan ijro etgan bo„lib, shuningdek u «O„rmondagi muhabbat» (
Liebe im Walde
)
nomli opera ham yozgan. Universitetda diniy marosimlar o„tkazilgan paytlarda Plank
organ yoki violonchel chalishi, yoxud fortepianoda jo„r bo„lishini kuzatish mumkin
edi. Bundan tashqari unda bastakorlik qobiliyati ham bo„lgan. Ko„rib turibmizki,
o„sha paytda Germaniya nafaqat ilm-fan, texnika va texnologiyalar borasida, balki
musiqa bo„yicha han dunyoda eng yetakchi mamlakatga aylangan bo„lib, unga
raqobat qila oladigan mamlakatning o„zi bo„lmagan. Plank Berlinga ko„chib o„tgach,
madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko„ra Imperial Fizika-Texnologiyalar instituti
uchun ulkan fisgarminiya keltirib o„rnatildi. Ushbu muhim musiq asbobining sozligi,
saqlanishi va foydalanish imkoniyatlarini tasarruf qilish uchun ham, aynan Plankka
topshirilgan. Bu ham bo„lsa Maks Plankning musiqiy didi va bilimning qanchalik
yuksak baholanganaidan daolaltdir.
Liza Meytner Berlin universiteti qoshidagi kimyo laboratoriyasida yetuk
kimyogar olim Otto Gan bilan birgalikda ishlay boshlaydi (u ham Plank xonadonidagi
jo„shqin ilmiy bahslarning muntazam ishtirokchisi bo„lgan). Liza Meytner va Otto
Gan birgalikda 1907 yildan 1938 yilgacha yadro fizikasi masalalari bilan chuqur
izlanishlar olib borishdi. Mazkur muddat davomida ushbu ikki yetuk olimlar ko„p
sonli muhim kashfiyotlarni amalga oshirishdi. Ulardan eng asosiysi – uran kimyoviy
elementi atomini parchalash usulini kashf qilishgani bo„lib, bu ishni uddalashgacha,
zanjir reaksiyasini olishni o„rganish va bu orqali esa, boshqariluvchi yadroviy
reaksiyalarga ega bo„lish ko„zda tutilgan edi. Bu degani, insoniyat ham atom
stansiyasi singari arzon energiya manbaiga ega bo„lishi va shuningdek atom bombasi
singari qirg„inbarot qurolga ega bo„lishi ehtimolini bildirardi. Mamlakat siyosiy
tuzumini favqulodda keskin millatchilik kayfiyatidagi fashistlar qo„lga olgan o„sha
mash‟um davrda, ya'ni, XX asrning 30-yillariga kelib, Liza Meytner va Otto Gan
ushbu vazifani ham uddalashlari mumkin edi. Lekin, insoniyatga berilgan
inoyatlardan biri o„laroq, bu ishni fashistlar egallagan hududda amalga oshirilmadi
65
(agar boshqariluvchi yadro reaksiyasi bo„yicha ishlaydigan atom bombasi fashistlar
qo„lida paydo bo„lganida bormi?! Ular u orqali butun yer yuzining kulini ko„kka
sovurishlari ham mumkin edi...). Uranni parchalash uddalangach, reaksiyani
boshqarish bo„yicha tajribalar endi boshlanayotgan edi hamki, fashist millatchilari
tomonidan antisemitizm tadbiri, ya'ni, mamlakatni yahudiylardan tozalash boshlandi.
Liza Meytner esa asli Avstriyalik bo„lsa-da, millati yahiduy edi va u Germaniyadan
qochib chiqib ketishga majbur bo„ldi.
Qanchalik iste‟dodli va mehnatkash bo„lmashin, universitet laboratoriyasidagi
mehnati uchun Liza Meytnerga hech qanday maosh to„lanmas edi. Shu sababli Plank
uni 1912 yilda o„zining assistenti lavozimiga tayinladi va shu yo„l bilan unga moddiy
barqarorlikni ta‟minlab berdi. O„sha payt nemis akademik olamidagi eng g„ayrioddiy
qoidalardan biriga ko„ra, ayol-olima institutning asosiy kirish darvozalaridan kirib-
chiqishi mumkin emas edi. Shu sababli, Plank Liza foydalanishi uchun laboratoriyaga
qo„shimcha yo„lak va eshik ochtirib ham bergan. Olmon olimlari ichida mavjud
bo„lgan ahmoqona tushunchalardan biri shu ediki, ayol kishi aqliy salohiyatda hech
qachon erkak kishi bilan teng kela olmas emish. Ayol olima va erkak olimning bir
darvozadan, bir yo„lakdan va bir eshikdan foydalanishi, erkak olimlarning sha‟niga
to„g„ri kelmas, ya'ni, ularga nisbatan haqorat bo„lar emish... Plank esa bunday
qarashlarga qat‟iy raddiya bilan yondoshib, bir necha yildan keyin Liza Meytnerni
yanada yuqoriroq lavozimga – instituning adyunkt-professori lavozimiga tayinladi.
Ushbu lavozimning mehnat haqi ham uncha-muncha boshqa olimlarnikidan
anchagina yuqori bo„lgan. 1914 yilda ayol olimalar uchun nisbatan yaxshi sharoit va
munosabat muhiti hukmron bo„lgan Parij universitetidan Liza Meytnerga nihoyatda
foydali taklif bilan chqishadi. Plank Lizaning ketib qolishini oldini maqsadida, uning
maoshini ikki xissa ko„paytirib beradi.
1918 Liza Meytner va Otto Gan birgalikda yangi kimyoviy element –
protaktniyni kashf etishdi. 1919 yilda u professor unviniga musharraf bo„ldi va
Germaniya tarixida ilk professor ayol bo„lib qoldi.
Maks Plank va Liza Meytner muntazam ilmiy aloqada bo„lishgan. Aynan
Plankning sai‟-harakatlari evaziga, Meytner millatchilik avj olgan favqulodda keskin
va havotirli paytlarda ham mamlakatni tark etmay, olmon ilm-fani uchun ishlashda
davom etdi. U 1938 yilgacga bardosh bilan sabr qildi. Keyin esa xatar shu darajaga
yetdiki, millatchi fashistlar kishining shunchaki nemis bo„lmagani uchun ham, sudsiz
so„roqsiz otib tashlay boshlashdi. Liza Meytner jonini xatarga qo„yib, mamlakatdan
qochib chiqib ketishga majbur bo„ldi. Bu paytga kelib chegaradan o„tish juda qiyin va
xavfli bo„lib qolgan bo„lib, istalgan kichik vaj ham odamni o„rnida otib tashlash
uchun kifoya qolardi. Ehtimol bu borada ham Liza Meytnerga aynan Plank yordam
bergandir. Lekin agar Plankning iltimosi bo„lmaganda, u Germaniyani ancha
avvalroq tark etishi aniq edi.
|