Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


h esa,  bilan o„lchanadi. Nyuton tomonidan kashf etilgan universila  gravitatsiya doimiysining  G



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

h
esa, 
bilan o„lchanadi. Nyuton tomonidan kashf etilgan universila 
gravitatsiya doimiysining 
G
ning o„lchov birligi 
bo„ladi. Yorug„lik tezligi 
c
bo„lsa 
bilan qayd etiladi.
Maks Plank 1899 yilda Berlin fanlar akademiyasida alohida axborot bilan 
chiqish qilib, yuqorida qayd etilgan konstantalarni o„zaro kombinatsiyalash orqali, 
masofa

massa

vaqt
hamda 
harorat
kabi fizik kattaliklarni ham o„lchov birliklarini 
shakllantirish mumkinligiga e‟tibor qaratgan (
biz bunday birliklarni hosilaviy birliklar 
deb ataymiz, chunki ular boshqa, asosiy birliklardan keltirib chiqariladi – 
tarjimon 
izohi
). U mazkur mos ravishda quyidagi formulalarni taklif etgan edi:


129 
O„z axborotida Plank shunga alohida urg„u beradiki, amalda 
foydalanilayotgan aksariyat o„lchov birliklari antropometrik, ya'ni, odam tanasi 
a‟zolarining xossalariga asoslangan bo„lib, bu jihat ilm-fanning yangicha jabhalarida 
– katta aniqlik talab etiladigan tajriba va texnologiyalarni joriy etishda mutlaqo ish 
bermasligini ta‟kidlaydi. Uning fikricha, agar zamon-makon uyg„unligi hozirgi 
ko„rinishidan tafovut qiladigan o„zgarishlarga uchramasa, bizdan bexabar istalgan 
biror tamaddun ham, olam va koinot tilsimlarini, qisqasini aytganda, fizikani tadqiq 
qila boshlar ekan, kun kelib albatta ushbu kattaliklarni qayd etadi. Chunki ushbu 
kattaliklar o„zgaruvchan fizik fenomenlarga emas, balki tabiatdagi o„zgarmas 
qiymatlarga – universial kostantalarga biriktirilgandir. Plank bu borada yana 
quyidagicha qayd qoldirgan: 
«
Tortishish qonunlari, yorug„likning vakuumdagi tezligi, termodinamikaning 
har ikkala bosh qonunlari hali amalda ekan, ushbu kattaliklar o„zining tabiiy 
qiymatini doimiy bir xil aniqlikda saqlab qolaveradi va demak, ularni 
o„lchash ishlari kim tomonidan va qanday usullar bilan bajarilmasin, natija 
doimo bir xil bo„lib chiqishi kerak
». 
Agar Maks Plank o„zi taklif etgan tabiiy birliklarning oradan naq bir asr o„tib 
ham fizika fani mutaxassis-olimlari orasida kuchli bahs-munozaralarga sabab 
bo„layotganini bilganida, qattiq hayratga tushgan bo„lar edi. Gap shundaki, Plank 
birliklari yangi ming yillik fizikasining asosiy muammosi bo„lmish – gravitatsiyaning 
kvant nazariyasini barpo qilish muammosi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liqlik kasb 
etadi. Xossatan, plankcha uzunlik tushunchasi uzunlikning shunday turini ko„zda 
tutadiki, undan qisqa uzunlikda (ya'ni, kichik qiymatda) makon – fazo 
tushunchalarining o„zi ham hech qanday ma‟no kasb etmay qoladi.
XX asrning eng buyuk fizik olimlari bo„lmish Eynshteyn, Geyzenberg va 
Borlarga juda-juda ma‟qul kelgan bir fikriy tajribani keltirib o„tamiz. Shunday 
tasavvur qilamiz: biz muayyan obyektni lokalizatsiya qilmoqchimiz va unga 
yorug„lik nurini yo„naltirib, nurning obyektga yetib borib, qaytishi vaqtini o„lchaymiz 
(aviatsiya radari ham shunga o„xshash tamoyil asosida ishlaydi). Bizning tajribamiz 
uchun, yorug„likning to„lqin nazariyasi bir qat‟iy talabni ko„ndalang qo„yadi: o„sha 
obyektgacha bo„lgan masofa, biz foydalanayotgan yorug„likning to„lqin uzunligi λ 
dan qisqa bo„lmasligi lozim. Mohiyatan bu muammoni hal qilishimiz uchun bizga λ 
ni o„zimizga qanday qiymatdagisi kerak bo„lsa o„shangacha qisqartirib 
foydalanishimiz mumkin edi, biroq, kvant nazariyasiga ko„ra, bunday yo„l tutish 
orqali, to„lqin vositasida qo„zg„algan fotonlarning energiyasini kamayib ketishiga olib 
keladi, chunki:
Eynshteynning mashhur formulasi 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin