Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


VI. Maktab pedagogik jamoasi bilan birgalikda



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə18/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

VI. Maktab pedagogik jamoasi bilan birgalikda: Sinf o‘quvchilarining maktab (ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta'minlash;
Sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta'minlash;
O‘quvchilar o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o‘tkazib borish;
O‘quvchilarning o‘qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e'tiborga olib taqdirlash haqida taklif berish;
Sog‘lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e'tibor berish;
O‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish uchun fan o‘qituvchilari bilan birgalikda yordam berish;
Pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o‘quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish;
Maktab tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning sog‘ligini muhofaza qilish, ma'naviy, ma'rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish;
Maktabda texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o‘quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta'minlash;
Shuningdek, o‘z malakasini oshirib turish, o‘z sohasi bo‘yicha o‘tkaziladigan turli miqyosdagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat.
VII. Sinf rahbarining huquqlari: O‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining dars va imtihonlarida ishtirok etadi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha darslar tashkil etilishi bo‘yicha takliflar beradi. O‘quvchilar tarbiyasiga oid ilg‘or ish tajribalarini amalga oshirish bo‘yicha maktab ma'muriyatiga tashabbus bilan chiqadi.
Tarbiyaviy soatlarni rejalashtirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, maktabning umumiy rejasiga qo‘shimcha yoki o‘zgarishlar bo‘yicha taklif kiritishi mumkin.
Sinf faollari ishini nazorat qiladi. O‘quvchilarning sinf yig‘ilishlarini uyushtiradi va sinf faollari (kengashi) bilan birgalikda yig‘ilish kun tartibini belgilaydi.
O‘quvchilarning o‘qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e'tiborga olib taqdirlashga tavsiya etish haqida takliflar beradi. O‘quvchilarning ota-onalari bilan ta'lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashadi, hamkorlik qiladi, pedagogik maslahatlar beradi, o‘quvchilar xulqini baholaydi.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin