97-tajriba.Organik kislotalar ta’sirida oqsillarning cho’kishi.
Reaktiv va materiallar: oqsil eritmasi, 5% li trihlor sirka kislota eritmasi, sulfosalitsil kislotaning 20% li eritmasi; probirkalar, pipetkalar.
Ikkita probirka olib, ularga 2-3 ml dan oqsil eritmasini quying. Birinchisiga 2-3 tomchi trihlor sirka kislota, ikkinchisiga 2-3 tomchi sulfasalitsil kislota eritmasini quying. Ikkala xolda xam oqsil cho’kmasi xosil bo’ladi.
1-Ilova.
2-ilova
98-tajriba. Oqsillarning og’ir metallarning tuzlari ta’sirida cho’kishi.
Reaktiv va materiallar: oqsil eritmasi, qo’rg’oshin sulfat eritmasi, qo’rg’oshin atsetat eritmasi;probirkalar, pipetkalar.
Ikkita probirkaga oqsil eritmasidan 1-2 ml dan soling xamda probirkani chayqatib turib, biriga mis sulfat eritmasi, ikkinchisiga esa qo’rg’oshin atsetat eritmasidan asa-sekin tomchilatib qo’shing. Natijada kam eriydigan tuzsimon (mis tuzi bilan havorang, qo’rg’oshin tuzi bilan oq rangli) birikma xosil bo’lgani uchun pag’a-pag’a cho’kma xosil bo’ladi. Reaktiv (mis sulfat va qo’rg’oshin atsetat eritmalari) mo’l bo’lganda cho’kma eriydi, chunki cho’kma zarrachalari adsorbilangan ionlar ta’sirida peptizatsiya bo’ladi (eritmaga o’tadi).
99-tajriba. Oqsillarning spirt ta’sirida cho’kishi.
Reaktiv va materiallar: etil spirti, oqsil eritmasi. Natriy xlorid krisallari; probirkalar.
Probirkaga 1-2 ml oqsil eritmasi quying va unga natriy xlorid krisallaridan ozroq qo’shing. Keyin usiga sekin-asa 5-6 ml etil sprit quyib, aralashmani qattiq chayqating. Aralashmani biroz tindiring, natijada oqsilning kichik cho’kmalari xosil bo’ladi. Probirkadagi aralashmaning bir qismini cho’kmasi bilan birgalikda boshqa probirkaga quying xamda usiga 3-4 ml suv qo’shing. Bunda sprit suyuladi va oqsil eriydi, chunki uning xossalari bu holda o’zgarmaydi, denaturatsiya sodir bo’lishiga ulgurmaydi, uningcho’kishi qaytar bo’ladi. Ammo oqsil spirtda tursa, denaturlanadi va suvda erimaydigan bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |