3. Kuchli va kuchsiz elektrolitlarning kimyoviy faolligini solishtirish
a) Probirkaga 5 ml 0,1n xlorid kislota eritmasini, ikkinchisiga esa shu xajmda 0,1n sirka kislotasi eritmasini soling. Har bir probirkaga bir xil bo‘lakcha rux tashlang. Qanday gaz ajralib chiqadi? Sodir bo‘layotgan reaksiya tenglamalarini yozing. Qaysi kislotada kuchliroq jarayon kuzatiladi?
Kuzatilgan xodisalarni xlorid va sirka kislotalarning 0,1n eritmalaridagi dissotsilanish darajasi haqidagi ma’lumotlar yordamida tushuntiring.
b) Ikkita probirkaga kaltsiy xlorid eritmasidan soling, biriga 2n natriy gidroksid eritmasidan, ikkinchisiga esa bir xil xajmda 2n ammiak eritmasidan qo‘shing (qo‘shilayotgan eritmalarda karbonatlar bo‘lmasligi kerak). Nima kuzatiladi? Olingan asoslarni kaltsiy xloridga har xil ta’sirlanish sababini tushuntiring.
Yelektrolitlar eritmalaridagi kimyoviy muvozanat.
a) Uchta probirkaga bir necha tomchidan kobalt (II) xloridni to‘yingan eritmasidan soling va eritmani ranggiga e’tibor bering. Birinchi probirkaga bir necha tomchi konsentrlangan HCl, ikkinchisiga ozgina CoCl2 kristallarini va uchinchisiga spirt soling. Hamma probirkalardagi eritmalarni ranggini o‘zgarishini kuzating.
Birinchi probirkadagi eritmaga rang o‘zgarguncha bir necha tomchi suv qshing, keyin yana konsentrlangan HCl qo‘shing. Nima kuzatingix? CoCl2 ni dissotsilanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Gidratlangan kobalt(II)ioni Co(H2O)62 pushtirang, CoCl2 molekulalari ko‘k rangli bo‘lishini hisobga olib, hamma probirkalardagi eritmalarning ranggini o‘zgarishini tushuntiring.
b) Probirkaga 5 ml suv va ikki tomchi fenolftalein soling. Keyin probirkaga bir tomchi konsentrlangan ammiak eritmasini tomizing. Fenolftaleinni ranggi qanday o‘zgaradi? Ammiak eritmasining reaksion muxiti qanday?
Ammiak suvda eriganda sodir bo‘ladigan qaytar jarayonlarni reaksiya tenglamasini yozing. Probirkadagi eritmani teng ikkiga ajrating. Bir qismiga ozgina ammoniy xlorid NH4Cl kristallidan soling va shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Ikkala probirkadagi eritalarni ranggini solishtiring. Ammoniy gidroksidini dissotsilanish jarayonida NH4Cl qo‘shilgandagi muvozanat konstantasi ifodasani yozing.
Mashqlar.
Quydagi moddalarni elektolitik dissotsilanish tenglamalarini yozing va qaysi xollarda dissotsilanish bosqichli bo‘lishini ko‘rsating:
AlCl3, Cu(NO3)2, Ca(OH)2, H3PO4, H2SO4, NaOH
2. Quydagi gidratlangan ionlar qanday rangda bo‘ladi?
H, OH, Co2, Ca2, Ag, Cu2, MnO4, Cl.
3. Korbonat kislotasining ketma-ket elektrolitik dissotsilanish tenglamalarini yozing va umumiy xoldagi dissotsilanish konstantasini ifodalang.
4. Quydagi reaksilarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing:
CuCl2 NaOH ...
Zn(OH)2 HCl ...
H3PO4 Ca(OH)2 ...
CuSO4 H2S ... .
5.Quydagi reaksiyalarning molekulyar tenglamasini yozing:
Pb2 SO42 PbSO4
H OH H2O
CO32 2H CO2 H2O
Fe3 3OH Fe(OH)3
Xlorid va sirka kislotalarining 0,1n eritmalaridagi vodorod ionlarining konsentratsiyasini aniqlang va taqqoslang.
4-ilоvа
Dostları ilə paylaş: |