Mavzu: Beton va temir beton, temir konstruksiyalar tarixi. Reja


Temir-beton konstruksiyaiarining turlari



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə4/6
tarix23.07.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#137178
1   2   3   4   5   6
Mavzu Beton va temir beton, temir konstruksiyalar tarixi. Reja

Temir-beton konstruksiyaiarining turlari.
Temir-beton konstruksiyalar bajarilish usuli bo'yicha yig'ma, yaxlit va yig'ma-yaxlit bo'ladi. Tig‘ma temir-beton konstruksiyalar ko'proq tarqalgan, chunki ulardan foydalanish, qurilishni sanoatlashtirishga va iloji boricha mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Zavod sharoitida yig'ma konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasini, tayyorlash, yotqizish va unga ishlov berishning ancha ilg'or texnologiyasini qo'llash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, qurilish ishlarini ancha soddalashtirish mumkin. Yaxlit (monolit) temir-beton konstruksiyalar qismlarga bo'linishi va bir xillashtirilishi qiyin bo'lgan inshootlarda, masalan, ba’zi gidrotexnika inshootlarida, og'ir poydevorlarda, suv havzalarida, ko'chma yoki o'zgaruvchan qoliplar yordamida ko'tariladigan inshootlar (qobiqlaming qoplamlari, siloslar va boshqalar)da keng qo'llanadi. Yig‘ma-yaxlit temir-betonlar yig'ma elementlar va qurilish joyida yotqiziladigan monolit betonning qo'shilmasidan iborat. Odatda yig'ma elementlar bir butun beton uchun qolip hosil qiladi, bu esa yog'ochni tejashga imkon beradi. Yig'ma-monolit konstruksiyalar yig'ma konstruksiyalarga qaraganda yaxlitligi yuqoriligi va ulash joylarining sodda berkitilishi bilan farq qiladi. Yig'ma-yaxlit temir-beton konstruksiyalaryopmalarining va bino orayopmalarining konstrkusiyalarida, gidrotexnika va transport qurilishida qo'llanadi. Temir-betonning yana o'ziga xos turi armosementdir. Armosement konstruksiyalar mayda donali to'ldirgich betondan tayyorlangan yupqa devorli konstruksiya bo'lib, butun qalinligi bo'yicha ingichka po'lat sim bilan armaturalangan bo'ladi. Armotsement konstruksiya cho'zilish va egilishga yaxshi qarshilik ko'rsatishi, darzbardoshligi, elastikligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Temir-beton konstruksiyasidan foydalanishda bir necha tur yondoshishlar mavjud bo‘lib, ular temir-beton xususiyatini kengaytiradi va keng foydalanish sharoitini yaratadi. Masalan, armaturasi oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalar yuqori ko‘tarish va bikrlik xususiyatiga egadirlar. Bunday konstruksiyalar o‘ta javobgarli konstmksiyalarda qo'llaniladi, ayniqsa, mas’uliyati yuqori bo'lgan rezervuarlarda estakadalarda, katta maydonli yuzani yopishda ishlatiladigan ust yopmalar va h.k. da qo'llaniladi.


Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin