Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:
- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida toliq va ishonchli malumotlarni
tuzish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi malumotlarni umumlashtirish;
- moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.
Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi quyidagicha bolinadi:
- rejali;
- nazoratli;
- malumotli;
- tahliliy (baho);
- hisobli.
Ozbekiston Respublikasida royxatdan otgan, xususiy shakldan qati nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shuba bolinmalari buxgalteriya hisobining subyektlari bola oladi. Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bogliq xojalik operatsiyalari boladi.
Hisob siyosati deganda xojalik subyektlari rahbarlarining buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qollagan usullarning yigindisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
- uzluksiz;
- xojalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
- ishonchlilik;
- qoshib yozish usullari;
- korsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);
-moliyaviy hisobotning xolisligi;
-hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
- mulkiy ajratilganlik;
- aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
- formadan mazmunning ustunligi;
- ratsionallik (muvofiqlik);
-qarama-qarshilikning yoqligi;
- aniqlik;
- manodorlik;
- jiddiylik;
- haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (begaraz) korsatish;
- tugallanganlik;
- izchillik;
- oz vaqtida;
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sischilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to’liq va ishonchli bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to’g’risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo’jalik faoliyati faktlar va xo’jalik muoamalalarining O’zR qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o’rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo’jalik muomalalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilonafoydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo’jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birinchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun bir vaqtning o’zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.