Mavzu: Embrional rivojlanish davri



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#39250
1   2   3   4   5
Mavzu Embrional rivojlanish davri

Gastrulyatsiya. Blastula juda ko‘p hujayralardan tashkil topadi (misol uchun, lansetnikda 3000 ta hujayra bo‘ladi), keyingi rivojlanish natijasida ikkinchi bosqich gastrula boshlanadi. Gastrula bosqichida murtak ikki qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deyiladi. Gastrula hosil bo‘lishiga olib keladigan jarayonlar yig‘indisi gastrulyatsiya deb ataladi.

Lansetnikda gastrula blastula devorining ichkariga botib kirishi hiso- biga hosil bo‘ladi, ayrim hayvonlarda — blastula devorining qat-qat bo‘lib joylashishi yo‘li bilan amalga oshadi.

Ko‘p hujayrali hayvonlarda (kovak ichlilardan tashqari) uchinchi qavat mezoderma hosil bo‘ladi. Mezoderma ekto va entodermaning o‘rtasida birlamchi tana bo‘shlig‘i — blastoselda joylashadi. Mezoderma qavatining hosil bo’lishi bilan murtak uch qavatdan iborat bo’ladi: ektoderma, entoderma va mezoderma murtak varaqlari hisoblanadi. Umurtqali hayvonlarning hammasida bu varaqlar bir-biriga o‘xshaydi.

Gastrulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bu jarayon hujayralar to‘plamining aralashishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda embrion hujayralari bo’linmaydi, o‘smaydi. Murtak varaqlarning rivojlanish tartibi, shakllanishi tarixiy rivojlanishni aks ettiradi, bu esa biogenetik qonunda o‘z ifodasini topgan. XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari F. Myuller va E. Gekkel biogenetik qonun kashf etdilar. Har bir individ o‘zining individual rivojlanishida (ontogenez) o‘z turining rivojlanish tarixini (filogenez) qisqacha takrorlaydi, ya’ni ontogenez filogenezning qisqa takroridir.




Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin