Mavzu: Iqtisodiy yondoshuv: mulk huquqi, tashqi aloqalar va ekalogik muammolar reja



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/6
tarix25.08.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#140466
1   2   3   4   5   6
Mavzu 2

Ekologik xalokat deganda ekosistemalarning qayta tiklanmaydigan darajada buzilishi natijasida o‘ta salbiy iqtisodiy oqibatlarga yoki aholining ommaviy nobud bo‘lishiga olib keladigan vaziyat tushuniladi.Mo‘ynoq tumanida mahalliy ekologik falokat, bir necha davlatlar hududini egallaydigan Chernobil AES falokati, Orolbo‘yi muammosi regional ekologik xalokatga yaqqol misol bo‘ladi.Atmosferada «Ozon tuynuklari»ning hosil bo‘lishi, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi va boshqalar global ekologik muammolar hisoblanadi.Inson hayoti uni o‘rab turgan atrof muhit bilan chambarchas bog‘liq. Bizni o‘rab turgan tabiatni chindan ham ona desa bo‘ladi. Chunki u butun borliqni hayotbaxsh nafasi bilan ta’minlab turadi, to‘ydiradi, kiyintiradi. Ana shunday tabiatning ozor topishi u bilan bevosita bog‘liq odamzot va jonivorlarni zo‘r taxlikaga solib qo‘yishi mumkin.Sanoat korxonalari chiqindilarining havoga chiqarib tashlanishidan hosil bo‘ladigan kislotali yomg‘irlar o‘simliklarga va tirik organizmlarga katta zarar keltirmoqda. Atrof muhitning ifloslanishi mahalliy, regional tusda bo‘libgina qolmay, balki global ko‘lam ham kasb etmoqda.Dunyo okeanining ifloslanishi o‘z navbatida, uning atmosfera havosi bilan gaz almashinuviga ta’sir etadi. «Issiqxona gazlari» -karbonat angidrid(SO2), metan(SN4), azot chala oksidi(N2O) va boshqalarning ko‘plab chiqarilishi iqlim o‘zgarishiga olib keladi.Inson so‘nggi 100—150 yil davomida biosferani shunchalar o‘zgartirib yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror muvozanatiga rahna solindi, noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi.Insonning tabiatga turli yo‘llar bilan ta’sir qilishi, faoliyati tufayli bo‘ladigan tabiiy o‘zgarishlarga antropogen ta’sir deyiladi.Hozirgi energetikaning shiddat bilan o‘sishi natijasida butun yer kurrasiatrofidagi havo harorati ma’lum darajada ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy muzliklarni eriy boshlashiga olib kelishi mumkin. Atrof—muhitning, jumladan atmosfer havosi, suv, tuproqlarning ko‘pdan—ko‘p sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi salomatligiga katta zarar keltirmoqda.Yer yuzida shaharlarning o‘sishi va rivojlanishi, aholisi salmog‘ining ortishi-urbanizatsiya jarayoni atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.Shaharlar aholisi salmog‘i dunyo bo‘yicha 40% dan ortiqni tashkil qiladi va hissasi katta tezlikda ortmoqda. Germaniyada aholining 90%, AQShda 80%, Yaponiyada 76%,idan ortig‘i shaharlarda yashaydi. Millioner-shaharlarning soni tobora ortib bormoqda.Shaharlarni harakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Shaharlardagi sanoat korxonalari, transport vositalari, maishiy tashlandilar havoni, suv vatuproqlarni kuchli ifloslaydi.Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham inson qadami yetmagan birorta joy qolmagan. Qaerga bormang, u yerda hayot qaynayotganini, odamlar mahalliy tabiat ne’matlaridan bahramand bo‘layotganini ko‘rasiz. Tabiat boyliklaridan rejasiz, isrofgarchilik bilan foydalanish, uning ehsonlarini suiste’mol qilish, qudratli texnikaning turmushga kirib kelishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, o‘z navbatida atrof—muhitga zarar keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yili 2-martda BMTga teng huquqli a’zo bo‘lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo‘l ochib berdi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lib, ushbu yo‘nalishda turli tadbirlar o‘tkazildi va amalga shirilmoqda. Orolbo‘yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin