Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja


rasm: Lishayniklar qattanasining shakliga ko`ra morfologik (yopishqoq, bargsimon va butasimon)tiplari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#134325
1   2   3   4
Mavzu Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja

14.1 rasm: Lishayniklar qattanasining shakliga ko`ra morfologik (yopishqoq, bargsimon va butasimon)tiplari

Bularda fotosintez jarayoni kuchsiz bo`lganligidan, organik moddalarning to`planishi juda sekin boradi. Shuning uchun, ular eng sekin o`sadigan o`simliklardir. Masalan, yopishqoq lishayniklar yiliga o`rtacha 1,8 mm, bargsimon va butasimon lishayniklar 0,1 dan 3,5 sm gacha, kladoniy turlari esa 2-5 sm o`ssa, diametri 1 mm bo`lgan ksantoriya lishaynigining tallomi 6 yildan keyin 3 sm ga yetgan.


Lishayniklar anatomik tuzilishiga hamda suvo`tlarning zamburug` to`qimasida joylashganiga qarab ikki guruhga: gomeomer va geteromer lishayniklarga ega.
Gomeomer lishayniklar guruhiga g`oyat sodda tuzilgan bo`lib, har tomonga ketgan gifalar orasida bir tekisda teng fikobiont hujayralari tarqalgan.(M: Kollema turida).
Geteromer lishayniklarda qatanananing ancha murakkab tuzilgan bo`lib, bunda bir qancha qavatlar, ustki po`st, ichkariga qarab giflar g`ovak joylashgani va ular orasida suvo`ti hujayralari ko`rinadi. Yanada ichkariroqda o`zak joylashgan bo`lib, u siyrak zamburug` gifalaridan va yirik havo bilan to`lgan bo`shliqlardan, ostki tomondan ustki po`stnikiga o`xshash ostki po`st bilan qoplangan. O`zakdan ostki po`st orqali zamburug` giflari chiqadi va substratga birikadi. Geteromer tuzilishga ega bo`lgan lishayniklarga usnea, alektoriya, devor ksantoriyasi va boshqalari kiradi.
2. Lishayniklarning ko`payishi. Ikki xil organizmning hosilasi bo`lganligi uchun lishayniklarning ko`payishi ham o`ziga xos. Lishaynik tarkibidagi suvo`tlari faqat bo`iinib, hujayralar miqdorini oshirib borishi rnumkin. Zamburug`lar esa vegetativ ko`payishdan tashqari qaysi guruhga mansubligiga qarab, yoki xaltacha va xaltachasporalar, yoki bazidiya bazidiosporalar hosil qilib ko`payishi murnkin. Lekin ular hosil qilgan jinsiy ko`payish hosilalari tarqalgach, o`ziga xos bo`lgan, erkin yashovchi suvo`tlarini uchratgandagina yangi lishayniklarning tallomini hosil qiladi. Ayrim lishayniklarda hosil bo`ladigan jinsiy ko`payish hosilalari tarqa]ish jarayonida o`zi bilan birga tailomidagi suvo`tlarning hujayrasini ham yopishtirib olib ketadi. Lekin lishayniklarnirig asosiy va birgalikda hosil qiladigan ko`payish usuli vegetativ ko`payish bo`lib, bunda suvo`ti va zamburug`ning hujayralari birgalikda tarqaladi.
Lishayniklarning ko`payishi uch xili: vegetativ, jinssiz va jinsiy ko`payish usullari kuzatiladi. Ko`payganda lishayniklarning o`zi yoki faqat mikobiont ko`payadi. Ko`p hollarda vegetativ ko`payish uchraydi. Bu jarayon qattananing fragmentlarga bo`lishi yoki maxsus tuzilmalar – sorediya, izidiya va lobullarga ajralishi orqali amallga oshadi.
Fragmentatsiya mexanik tarzda boradi. Quruq havoda mo`rt bo`ladigan lishayniklar hayvonlar yoki odamlar ta`sirida sinadi, shamol yordamida turli masofaga tarqaladi. Lishaynikning bir bo`lagi qulay muhitga tushgandan keyin, yangi lishaynik qattanasi o`sadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin