Mazkur dasturda odam sog'ligini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a'zosi sog'lom turmush tarziga amal qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan. 2000 yil sog`lom avlod yili dеb elon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliyjanob, savobli ishlarning davomi dеb hisoblanadi. Mustaqil O`zbеkiston oldida turgan asosiy masalalardan biri bu talim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirib, uni hozirgi zamon talabi darajasiga ko`tarishdir. Mamlakatimizning birinchi ordеni "sog`lom-avlod uchun" ordеni bo`lib, u 4 mart 1999 yilda qabul qilingan. 29 aprеl 1993 yilda "sog`lom-avlod uchun" jamg`armasi tuzildi.

Sog'lom turmush tarzi tushunchasi kishi hulq-atvorining hamma tomonlarini qamrab oladi. Har kimning ma'suliyatli vazifasi hisoblangan o'z-o'zini bilish tushunchasi buning bir qismi hisoblanadi. Bu har bir odam o'z organizmining tuzilishi va funksional xususiyatlarini yaxshi biladi degani. Shu xususiyatlarni asrash va rivojlantirish chora-tadbirlarini ko'radi, amal qiladi, kun tartibiga, sanitariya gigiyena talablariga rioya qiladi, o'z his-hayajonini boshqara biladi, qattiq hayajon va ruhiy zarbalarga bardosh beradi, ovqatlanishni nazorat qiladi, harakatchanlikni odat qiladi. Spirtli ichimliklar, kashandalik, giyohvandlikdan voz kechadi va h.k. O'qituvchilar va ota-onalar yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasidan qanchalik chuqur bilimga ega bo'lsalar, bu bilimlarni hayotga tadbiq etsalar, kelajak avlod shuncha aqli tiniq, barkamol shaxs bo'lib yetishadi. O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning O'zbekiston yoshlarining barkamol voyaga yetishi uchun yaratayotgan chora-tadbirlari, ishlari, maslahatlari beqiyosdir. Uning «Barkamol avlod orzusi» asarida bu masalaga chuqur e'tibor berilgan.