Issiqxonalarda mu’tadil harorat va namlikni saqlash; ekinni issiq suv bilan sug‘orish; issiqxona devor, shift hamda tuprog‘ini dezinfeksiyalash; asbob-uskunalarni qaynoq suv bilan sterilizatsiya qilish; birinchi so‘ligan o‘simliklarni darhol yulib olish va issiqxonadan chiqarib, yoqish (ustida qizil mog‘or rivojlangan o‘simliklarni, konidiyalar tarqalib ketmasligi uchun, juda extiyotkorlik bilan chiqarish); issiqxona va dalalarda chidamli navlar ekish; urug‘ni ekishdan oldin samarali fungitsid (Vitavaks 200FF) bilan dorilash; moddalar balansi saqlangan o‘g‘itlar byorish; dalalarda poliz ekinlari har 4-5 yilda qayta joylashtirish nazarda tutiladigan almashlab ekishni yo‘lga qo‘yish tavsiya qilinadi (Andreyeva, 1960; Kulakova, 1977; Peresipkin, 1982; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989).
Qovun fuzarioz so‘lishi (fuzarioz vilt) ni Fusarium oxysporum f.sp.melonis gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonda qovun yetishtirishda eng katta zarar keltiradigan va soha rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelayotgan ikkita zamburug‘ kasalliklari mavjud bo‘lib, ular un-shudring va fuzarioz so‘lishdir.
Fuzarioz so‘lish bilan qovun barcha o‘sish va rivojlanish fazalarida zararlanadi. Yosh maysalarning urug‘barglari, poyasi (gipokotil) va ildiz bo‘g‘zida qaynoq suvga kuyganga o‘xshash, rangsiz, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar rivojlanadi, ular chiriydi va maysalar qurib qoladi, ekin siyrak bo‘lib qoladi. Ertapishar navlar maysalarining 43-86 foizi nobud bo‘lgani O‘zbekistonda qayd etilgan (Gerbanevskaya, 1958).
Fuzarioz so‘lish ekinlarda meva rivojlanishi va pisha boshlashi paytida ko‘plab uchraydi. Oldin o‘simlikning pastki yarusdagi barglarida sarg‘ish, so‘ngra qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar paydo bo‘ladi va ular yuqori yarus barglariga o‘tadi. Palaklardan biri yoki bir nechtasi, so‘ngra butun o‘simlik so‘ladi. Ildiz po‘sti titilgan shakl oladi, usti kukunga o‘xshab qoladi. Ba’zan o‘simlik kasallikka mavsum so‘ngigacha qarshilik ko‘rsatadi, so‘lmaydi, ammo ular zaif, palagi kalta bo‘lib qoladi, kam hosil tugadi. Kasallikning tez rivojlanuvchi shakli kuzatilganda o‘simlik 1-2 kun ichida so‘lib qoladi. So‘lishning sababi - o‘simlikning o‘tkazuvchi tomirlari zamburug‘ mitseliysi bilan to‘lishi va suv o‘tmay qolishidir. So‘lgan o‘simliklarning ildizi va poyasi kesib ko‘rilganda, ularda sarg‘ish, jigarrang va qo‘ng‘ir dog‘larni ko‘rish mumkin, ammo bu dog‘lar har doim mavjud bo‘lmaydi. Fuzarioz so‘lish qovun hosilini 30% gacha kamaytiradi. Fusarium oxysporum f.sp.melonis tor ixtisoslashgan va u boshqa poliz ekinlarini zararlamaydi.