Qomatdagi nuqsonlar. Yassi oyoqlikda davolovchi jismoniy tarbiya
O’z-o’zini massaj qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
Boldirni uqalash, kaft bilan ishqalash, barmoq uchlari bilan urib chiqish kerak. Oyoqni oshiq-boldir bo’g’imidan tizza bo’g’imigacha, asosan boldirning ichki yuzasini massaj qiling;
Oyoq panjasini bukilgan barmoqlarni orqa yuzasi bilan uqalash va ishqalash kerak; Oyoqning kaft yuzasi barmoqlardan to tovonga qadar massaj qilinadi;
Massaj uchun maxsus rezina gilamchalar va massaj bolishchalarini ishlatish foydalidir.
Kechki mashg’ulotdan so’ng, yotishdan oldin oyoqlarni vanna qilishh am foydali.
Ikkita tog’oracha oling: issiq (oyoq chiday olguncha) va sovuq suv bilan. Avval oyoqlarni issiq suvda qizdirib oling, so’ngra ularni sovuq suvga soling. Shu tarzda navbat bilan 2-3 marta bajaring. Teri qizaradi, oyoqlaringizda yoqimli yengillik paydo bo’ladi. Suvga biroz dengiz tuzi yoki iste’mol sodasi, o’t damlamalari — dorivor moychechak, mavrak, eman daraxti po’stlog’i, yalpiz qo’shish mumkin.