Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

 

 

 


 

23 


1.4. Parazit fitonematodalarga qarshi kurash usullari 

1.4.1. Agrotexnik usul 

 

Parazit  fitonematodalarga  qarshi  kurashning  agrotexnik  usuli  chora-tadbirlari 

qatoriga  o`g`itlash,  almashlab  ekish,  o`simlilarning  ekish  yoki  o`tkazish 

muddatlari,  begona  o`tlarning  yo`qotish,  tez  kasallikga  chalinuvchilarning  o`rniga 

chidamli  nav va tur ekinlarining  almashtirish  kabilar  kiradi.   

 

O`g`itlash.  Adabiyotlarda  parazit  nematodalarga  me`yorida  yoki  ortiqcha 

miqdorda  o`git  berish  orqali  kurashning  imkoniyatlari  yoritilgan.  hozir  ma`lum 

bo`lishicha,  o`g`itlar  haqiqatdan  ham  nematodalarga  to`g`ridan-to`g`ri  ta`sir 

ko`rsatadi.  O`g`itlarning  asosiy  ahamiyati  shundaki,  o`simliklarning  o`sishiga 

yaxshi  ta`sir  etadi  va  shu  yo`l  bilan  o`simliklarning  hosildorligini  oshiradi.  Buning 

natijasida  nematodalar  tomonidan  etkazilgan  zarar  qator  yillar  davomida  sezilarsiz 

bo`lib,  bunda  parazitlarning  soni  tuproqda  keskin  oshib  ketishimumkin. 

Rassiyaning  Pernuskiy  tumani  Sindi  shaharchasi  yaqinidagi  torfli  tuproqli  yerlariga 

ko`p  o`g`it  berilgan  maydonlarida  parazit  fitonematodalar  sonining  keskin  oshis hi 

va  kartoshkaning  normal  me`yorda  hosil  berishi  kuzatilgan.  Bu  o`simliklarning 

rizosfera  tuprog`ining  1  kg  miqdorida  2900  tagacha  kartoshka  nematodalarining 

sistalari  sanalgan  [29]. 

 

Tabiiy  o`tloqli  assotsiatsiyalarda  fosfor-kaliyli  (PK),  azot-fosfor-kaliyli 



(PKN)  o`g`itlar  va  bu  moddalarning  go`ng  bilan  aralashmalari  solinganda 

o`simliklarda  poyalarning  sonining  olinishi  hisobiga  o`t  qoplami  qalinlashgan.  Bu 

o`z  navbatida  Anguina,  Heterodera  va  boshqa  turdagi  tor  doiraga  moslashgan 

parazit  nematodalarning  soni  oshishiga  olib  kelgan.  Anguina  turkumi  nematodalari 

bilan  zararlangan  o`simliklarda  o`tkazilgan  miqdoriy  sanashlar  juda  oson  va 

aniqlik  bilan  amalgam  oshiriladi  va  olingan  natijalarning  to`g`riligiga  shubha 

qoldirmaydi.  Tahlillar  ko`rsatishicha,  o`g`it  solinmagan  o`tloqli  maydonlarda 

Anguina  graminophila  populyatsiyasining  zichligi  sezilarsiz  bo`lib,  20x20  sm2 

maydonda  bu  nematoda  kichikroq  birorta  gallasi  aniqlanmagan.  Bir  necha  yil 

davomida  o`g`it  solish  natijasida  o`simlik  poyasining  nematoda  bilan  zararlanishi 



 

24 


keskin  oshgan.  Mutaxassislarning  hisob-kitoblariga  qaraganda  ayrim  hollarda 

ho`jayin  –  o`simliklarning  yarmidan  ko`pi  nematodalar  bilan  zararlanganligi 

aniqlangan  [49]. 

 

Ortiqcha  o`g`it  solingan  maydonlarda  o`simliklar  o`sishini  tezlashuvini 



ko`rsatadigan  misollar  zararlangan  o`choqlarda  parazitlar  sonining  keskin  oshishini 

ham  tasdiqlaydi.  Shuning  uchun  nematodali  o`choqlarda  ortiqcha  o`g`it  berish 

orqali  yuqori  hosil  olish  yo`li  bu  holatdan  chiqish  imkonini  bermaydi.  Eng  avvalo 

bu  maydonlarda  parazit  bo`lmaganda  yanada  ko`proq  hosil  olish  mumkin 

bo`lishini  hisobga  olish  kerak.  Bundan  tashqari  o`g`itlarni  qo`llash  orqali  ma`lum 

vaqt  yuqori  hosil  olish  mumkin.  Gap  shundaki,  ho`jayin-o`simlikning  yaxshi 

o`sishi  natijasida  undagi  parazit  avlodlarining  populyatsiyalari  oshib  ketishi 

mumkin.  Bu  esa  o`simlikka  ularning  zararli  ta`sirining  oshishiga,  hosilning  tushib 

ketishiga  sabab  bo`ladi.  Mineral  o`g`itlarning  ishlatiladigan  ayrim  mamlakatlarda 

kalsiy-sianamid  nematotsidlik  xususiyati  ma`lum  bo`ldi.  Belgiyadagi  kuzatishlarga 

ko`ra  12  s/ga  miqdorda  bu  o`g`it  ishlatilganda  tuproqda  Pratylenchus  avlodi 

vakillari  30  %  ga,  Paratylaenchus  60  %  ga,  Hoplolaimus  75  %  ga  kamayganligi 

aniqlangan.  Sista  hosil  qiluvchi  nematodalar  masalan,  kartoshka  nematodalariga 

qarshi kalsiy  sianamidning  ishlatilishi  ijobiy  natija  bermagan [52].  

 

Azotli,  kaliyli  va  fosforli  o`g`itlarning  narmadagi  dozalari  nematodalar 



soniga  salbiy  ta`sir  ko`rsatmaydi.  Ishqorli  tuproqlarda  parazit  nematodalar  soni 

o`g`itlar  ta`sirida  kamaymaydi.  Parazitlar  sonining  kamayishini  haddan  ortiq 

ohaklanishi  ya`ni  tuproqqa  ohak  yoki  ishqoriy  reaksiyaga  ega  birikmalar 

solinganda  kuzatiladi.   

 

V.S.  Treskovaning  tajribalarida  pomidor  barglariga  4  ta  element  (bor, 



marganes,  mis,  molibden)  eritmasi  sepilganda  parazit  bo`rtma  nematodalarni  soni 

kamaymagan,  ammo  bu  parazitlarning  tuxum  xaltalarida  tuxumlar  soni  kamaygan 

(30-47 %), hosildorlik  esa 10,5-34,1 % ga ko`tarilgan.   

 

Tuproqqa  organik  o`g`itlarni  solish  doimo  parazit  nematodalar  sonining 



kamayishiga  olib  kelgan.  Organik  o`g`itlar  tuproq  strukturasini  yaxshilashda  , unda 


 

25 


faol  mikrobiologik  jarayonlarni  rivojlanishiga  zamin  yaratadi.  Turli  mualliflar 

go`ng,  compost  va  yashil  o`g`itlarni  qo`llashi  sista  hosil  qiluvchi  nematodalarning 

sonining  kamayishiga  ijobiy  ta`sir etishi  haqidagi  ma`lumotlarni  berishgan.   


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin