Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

14.2- mashq. 
Matnlardagi maqollarni aniqlab, oddiy gaplar bilan almashtiring.
I.
– O‘rtoq direktor, menga tuhmat qilyaptilar. Sakkiz yildan beri shu idorada 
ishlayman. Shu sakkiz yil ichida uch direktor o‘zgardi. Hammasi bilan juda totuv 
ishladik, birortasi menga na ogohlantirish, na vigovor bergan! Odamning olasi 
ichida bo‘ladi, deb shuni aytishgan-da. Direktorga qilgan yordamlarimning bi
-
rortasini boshqa odamga qilganimda, itining tuvagi oltindan bo‘lib ketar edi. Bu 
kishi yaxshiligimni bilmayaptilar. Uyalish kerak, o‘rtoq direktor, menday, musi
-
chaday beozor kishini ranjitgani qanday ko‘nglingiz bo‘ldi? 
(S. Ahmad)
II.
Ha, endi aqlim kirgan, endi hamma narsaga tushungan edim. Muhab
-
bat – muqaddas tuyg‘u. U soflikni talab etadi. Muqaddas mening o‘zimni ham, 
sevgimni ham tark etib, ko‘zimni ochgan edi. Xalqning „Insofli odam oshini yer, 
insofsiz – boshini“ degan maqolida mujassamlangan hayotning eng ulug‘ qo
-
nunlaridan biri menga o‘zining shafqatsiz, lekin adolatli kuchini ko‘rsatgan edi. 
(O. Yoqubov)
http://eduportal.uz


52
III.
Egachisining beg‘am, beparvo o‘g‘liga qilgan bunday beozor muoma
-
lasini hazm qilolmagan Lazokatxon:
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. To‘g‘risini aytavermaysizmi, 
egachi! – deb zarda qildi. Keyin O‘ktamga yuzlandi: 
– Salgina tobi qochganmas. Oldindan silqovlanib yurardi onang. Endi rasmo
-
na kasal bo‘pti. Bod. Xafaqon. Ha, bu kasallari oldindan bezovta qilib yurganini 
bilmasmiding? Ona rozi – xudo rozi. Shu yarimjon onani yolg‘iz tashlab ketish-
ni qanday vijdonlaring qabul qildi-ya?! Borib turgan oqibatsizlik emasmi bu?! 
(H. Nazir)
IV.
„Kimga aza, kimga to‘y? Bularning gapiga o‘laymi, qolaymi, tavba. 
Shanbada bichma, jumada ko‘chma, derdi onam. Sichqonning ini ming tanga 
bo‘lmaydimi menga desa“. Shu xayolda jahli chiqib o‘tirgan edi, eshik ochildi. 
Ichkari kirgan Latifjon ko‘zlarini uqalab, ancha jim turdi. Keyin:
– Shu, shu... volidamiz... haligiday … bandalikni bajo qildilar yangitda, – dedi 
sekin. – Omonatini topshirdi.
Xursanali ko‘z va og‘zini katta ochib, taxta bo‘lib qotib qoldi. Latifjon qalqib 
chiqqan ko‘z yoshlarini yashirish uchun yuzini chetga burdi. 
(A.Muqimov)
Nazariy matn
Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi ham. U – ixcham, 
mazmuniy va ta’sirchanlik ko‘lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga 
xos bo‘ladi, shuning uchun, ko‘pincha, bir-birini inkor etadi. 
Yaxshilik qil, umid-
vor bo‘l. – Yaxshilik qil – unut. 
Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin