6
Bir kuni Mirtemir domlaning uyiga bordim. Domla o‘zbek adabiyotini juda yax
-
shi bi ladigan, zukko odam edi. Suhbat asnosida kabinetiga kirganimizda kitob javoni-
ning ko‘zga yaqin yerida Pushkin, eng chekkada esa hazrat Navoiyning suratlari turardi.
Shunda men ajablanib: „Bu qanaqasi bo‘ldi, domla, vatanparvarligingiz qayerda qoldi?
O‘zbekning daho shoirini bir chekkaga surib qo‘yibsiz“, – dedim. Domla bir necha soni
-
ya sukut saqlab turdi-da, keyin jilmaygancha: „Men Pushkinga qarashga uyalmayman,
chunki uning hayoti va ijodini o‘rganganman. Hazratga qarashga esa uyalaman, sababi u
kishining ijodini aql bilan ham, qalb bilan ham anglab yetganimcha yo‘q“, – deb javob
qildi.
Mana shu gaplarni taniqli navoiyshunos olim Abduqodir Hayitmetovga aytganimda
u kishi: „Garchi men butun umrimni Navoiy ijodini o‘rganishga baxshida etgan bo‘lsam-
da, bu ummon tubiga yetolgan emasman“, – dedi. (
E.Vohidov
)
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. O‘zlashma so‘zlar talaffuzi qanday xususiyatlarga ega?
2. O‘zlashma so‘zlar talaffuzining imlosidan farqlanishi qanday tarixiy asos larga
ega?
3. Talaffuz va imlo munosabati turli nutq uslublarida qanday aks etadi?
4. Quyidagi matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang.
Sabablarini tushuntiring.
Mamlakatda urush boshlandi! Ho‘l-u quruq baravar yondi!
Ayniqsa,
Girmon
degani
Maskov
ga yetib qolganda yoppasiga „Ol-a ol“ boshlandi.
Uljon momo tun-u kun duo qiladigan bo‘lib qoldi: „Xudoyo, Zokirjonimni olma! Bitta
-
gina o‘g‘limni olsang, men qanday qilaman?“ Ammo hukumat Uljon momoning duosiga
qararmidi? Maskovni nemis olaman deb turganda birovning bolasi bittaligiga qarab
o‘tirarmidi?
Istalin
„Yo g‘alaba, yo o‘lim!“ deb turganda, hukumat odam ajratarmidi?
... Endi Uljon momo Dilmurodni poylaydigan bo‘lib qoldi:
– Huv Dilmurod
Dostları ilə paylaş: