Ijtimoiy gumanitar fanlar TILSHUNOSLIK
1049
2022
tashkil etadi. «Har kimning o‘z falsafasi bor» deyilganida ana shu hoi anglanaladi. Demak,
dunyoqarash o‘zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan
stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko‘p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni
to‘g‘ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.
Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har
qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bolib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti,
tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va
avlodning o‘z 13 dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini
ko‘rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda takomillashib boradi.
Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat
taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolmagan ida,
har qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf
etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalang‘och holda chiqib, «Evrika!»,
ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bolar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-
sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar
inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi.
Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g‘oyasi o‘tmishda
yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu
asosda yangi tamoyillarga ega bolgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug‘
mashinasidan kosmik raketalargacha bolgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bola oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy
tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani bois, uning
dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash
muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda
borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod
mujassami hamda ularning namoyon bolishidir. Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra,
ma’naviy faoliyat bolgani bois, u borliqqa bolgan ongli, insoniy munosabatning muayyan
yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy
dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy, diniy
munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik 14 dunyoqarash shakllarida o‘z
ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi: 1.
Axloqiy. 2. Diniy. 3. Huquqiy. 4. Siyosiy. 5. Ekologik. 6. Estetik. Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan
mustaqil dunyoqarash shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash
tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan
tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon
boladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson,
ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. «Dunyoqarash»
tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi
tuyg‘u va tushunchalar bilan uzviy bogliq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu
ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bolagiga
aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bolib,
jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayotiga bolgan munosabati turli rivoyat va
afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik
va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning
gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan
rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy
qiyofaga ega bolganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ah~ lini hayratga
solmoqda. 15 Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot
sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining
ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga
muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda
etilgan. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular
insonning ilohga bolgan e’tiqodi bilan bog‘liq bolib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash