Baxtiyor” ertak-dostonida. 10. Hamid Olimjonning dastlabki she’rlari qaysi gazetada bosilgan? – Samarqandda chop etiladigan “Zarafshon” gazetasida 1926-yilda. 11. Shoirning birinchi to‘plamining nomi? – 1929-yilda “Ko‘klam” nomi bilan nashr qilingan. 12. Hamid Olimjonning tarixiy mavzudagi she’riy dramasi qaysi? – “Muqanna”. 13. Hamid Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi qaysi? – “Jinoyat”. 14. Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonini qachon yozgan? – 1937-yilda. “Oygul bilan Baxtiyor” (ertak-doston) 1. “Oygul bilan Baxtiyor” asarining janri qanday? – Ertak-doston. 2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida asar voqealari qayerda boshlanadi? – Jambil degan yurtda boshlangan qo‘zg‘olon bilan. 3. Bu qo‘zg‘olonga kimlar boshchilik qilgan? – Keksa qul Darxon va uning qizi Oygul. 4. Qo‘zg‘olon bostirilib, kim qatl qilinadi? – Qo‘zg‘olon boshchisi qul Darxon qizining ko‘z oldida qatl qilinadi. 5. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Oygulni zindondan kim qutqaradi? - Xondan juda ko‘p jabr ko‘rgan keksa qul Tarlon. 6. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qaysi ertakka o‘xshash va nimasi
bilan? – “Tohir va Zuhra” ertagiga, u ertakda ham Tohir sandiqda Amudaryoda oqib ketadi. 7. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Oygul sandiqda necha kun daryoda oqadi? – 3 oy oqadi va Jurjon degan yurtga kelib qoladi. 8. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Oygul yotgan sandiqni kim daryodan tortib oladi? –
Keksa chol. 9. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Oygul podshoh qarorgohidan qutulish uchun o‘zini
daryoga tashlaganda qanday baliq yutib ketadi? – Jayhun baliq.