Ilmiy uslub.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
nutqning ma’lumotlarga boyligi;
fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
muallif individualligining sezilmasligi;
emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi);
turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.
4. Publitsistik uslub.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |