O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Test sinovlar metodibu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig’ib olish 
metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. 
Pirovard natijada, tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, 
berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda 
test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan 
ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. 
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi -bunda o‘quvchi-
talabalarning umumiy miqdori, uning o’sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, 
o’quvchi-talabalarning fanlar bo‘yicha o’zlashtirish darajasiga, sinf yoki kursidan 
qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari turlariga, ta’lim 
muassasasining moddiy bazasiga e’tibor beriladi. 
Eksperiment-tajriba-sinov metodi - ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya 
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi - ta’lim sohasiga, jumladan, 
ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 
ko’rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, o’quv binosi qurilishi, xo’jalik 
shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika metodi orqali aniqlanadi. 
Matematik metodlario‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi 
mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni 
mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berysh, ta’lim-
muassasasi hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir.Bu kabi 
metodlardan foydalanib ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish faqatgina pedagog 
uchun emas, iqtisodiyot jabhalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, 
oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan 
ishlaydigan mas’uliyatli shaxs uchun ham zaruriy shart bo’lgan metodlardan biridir. 



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin