O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix02.06.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#123896
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.4. Yuk ko’tarish va tashish ishlarida xavfsizlikni 
 ta’minlash. 
 
Ishlab chiqarish korxonalarda yuklarni tashish va yuqoriga ko’tarish uchun 
ko’pgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar ikki turga 
bo’linadi: 
a) Uzluksiz ishlaydigan - lentali transportyorlar, havo yordamida, rolganglar, 
tarnovlar yordamida ishlaydigan turlari mavjud. 
b) Davriy ravishda ishlaydiganlarga - avtomobillar, avtopogruzchiklar, 
elektropogruzchiklar, temir yo’l vagonlari kiradi. 
v) Yuqoriga yuk ko’taruvchi uskunalarga ko’prik kranlari, avtomobillarga 
o’rnatilgan aylanma kranlar, telfer, o’zi yurar aravachaga o’rnatilgan tal va 
boshqalar kiradi. 
Yuk ko’tarish, tashish uskuna va mashinalari “Davlat kon tex nazorat”i 
idoralari tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik ko’rikdan o’tgandan so’ng 
ishlatilishi mumkin. Texnik ko’rik to’liq – har uch yilda bir marta va qisman ko’rik 
esa - har 12 oyda bir marta o’tkazilishi shart hisoblanadi. 
To’liq texnik ko’rikda - yuk ko’tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, 
statik va dinamik sinovlardan o’tkaziladi.
Qisman texnik ko’rikda esa - statik va dinamik sinov o’tkazilmaydi. 
Ko’rik paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavfsizlik asboblari, 
tormoz qurilmalari, boshqarish jihozlari, signal beruvchi va yorituvchi asboblar 
ishlab turgan holatda tekshirib chiqiladi. 
Statik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobiliyatidan 25% ko’p yuk ortilgan 


holatda o’tkaziladi. Bunda, yerdan 20-30 sm yuqoriga ko’tarilib, 10 minut 
davomida ushlab turiladi va shundan so’ng qoldiq deformatsiyalar sin-chiklab 
tekshiriladi. 
Dinamik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobiliyatidan 10 foiz ko’p yuk
bilan bir necha marta ko’tarib tushirib sinaladi. 
Mashinalarning bevosita yuk ko’taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, 
zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar) foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi 
sozlashdan so’ng, sinovdan o’tkazilishi shart. Sinov me’yordagi yuk ko’tarish 
qobiliyatidan 25% ko’p ortilgan holda bajariladi [11]. 
Po’lat arqonlar o’ramning har qadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash 
sababli diametrining kamayganligiga qarab, me’yoriga solishtirib, ishga yaroqliligi 
yoki yaroqsiz ekanligi aniqlanadi. 
Po’lat arqon sim yoki zanjirlarni, oddiy sinalmagan simlar bilan ulab 
uzaytirib, ishlab chiqarishga qullash taqiqlanadi. 
Yuk tuproq shag’al ostida bo’lsa yoki ustida boshqa narsalar bo’lsa, uni 
ko’tarish ko’tarish mumkin emas va yukni ko’tarilgan holda qoldirib (tanaffus yoki 
ish tugagach) ketish qat’iyan man qilinadi. 
Mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mexanizmlarning ko’tarish 
tizimlari, “O’zsanoatkontexnazorat” tishkiloti tasdiqlagan liftlarni qurish va 
xavfsiz ishlatish qoidalariga muvofiq har bir ko’tarish tuzilmasi o’z pasportiga ega 
bo’lishi, unda tuzilmaning tavsifi (turi, qancha yuk ko’tara olishi, harakat tezligi va 
xokazo) ko’rsatilishi lozim. Bundan tashqari, tuzilmalarda o’tkazilgan tuzatish 
ishlari yozib boriladigan daftar hamda ruxsat etilgan chekli ish yuklanishi hamda 
navbatdagi sinov va ”O’zdavtog’texnazorat”ga taqdim qilish muddatini 
ko’rsatuvchi o’chib ketmaydigan yozuv bo’lishi earur. 
Yuk ko’tarish mexanizmlarining soz holatda saqlanishiga va ulardan xavfsiz 
foydalanishga javobgarlik ana shu mexanizmlar ishlatiladigan korxona bo’linmasi 
yoki muhandis-texnik xodimi zimmasiga yuklatiladi. Bu xodim maxsus buyruq 
bilan tayinlanadi. 
Yuk ko’tarish mexanizlaridan xavsiz foydalanish uchun, ayniqsa, ularning 
tayanch qismlari, arqon, tros, ilgak va boshqa qismlari kattaroq mustahkam zahira 


bilan tayyorlanadi. 
Mexanizm va tuzilmalarda ularnig imkoniyatidan og’irroq yuklarni, odamlar 
hamda begona (og’iligi aniq bo’lmagan) yuklarni ko’tarish, nosoz yuk ko’tarish 
mexanizlari va tuzilmalaridan foydalanish man etiladi. 
Yoshi 18 dan kichik bo’lmagan, o’qigan, yo’l-yo’riq olgan va malaka 
sinovidan (attestatsiyadan) o’tgan, shuningdek, tegishli guvohnomaga ega bo’lgan 
kishilar yuk ko’tarish tuzilmalari hamda mexanizmlarida ishlashga ruxsat etiladi. 
Yuk ko’tarish va tashish vosittalarini xavfsiz ishlatishga qo’yiladigan asosiy 
talablar quyidagilardan iborat:
a) Hamma aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari hamda mexanizmlari 
ishonchli to’siqqa ega bo’lishi; 
b) Signalizatsiyasi, blokirovkali tormozlari ishonchli ishlashi kerak. 
Omborxonalar va ayrim sexlardagi transportyor va konveyerlarning eng 
havfsiz harakat tezligi 0,2 m:s.dan oshmasligi zarur va tezlikni cheklab turish 
uchun, tezlik cheklagichlari bilan ta’minlanishi darkor. 
Osma tashish tuzilmalari (elektr relslar, osma elektr shatakchilar, etektr 
poezdlar tasmali transportyorlar), odatda, ish o’rinlari hamda yo’laklar tepasida 
joylashtirilmasligi kerak va ular ishonchli himoya vo-sitalari yordamida 
o’rnatilishi, tushib ketgan yukni tutib qola oldigan darajada mustahkam bo’lishi 
kerak.
Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortishtushirish, taxlash va 
joylashtirish bilan bog’liq hamma yumushlar Mehnat haqidagi Konunlar asosida 
“Ortish-tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq belgilab 
qo’yilgan. 
Ortish-tushirish 
ishlari 
ko’tarishtishish 
tuzilmalaridan 
foydalanib 
bajariladigan bo’lsa, korxona ma’muriyati ishlarning xavfsiz amlga oshirishligiga 
jovobgar shaxsni tayinlaydi. Bu shaxs yukni ortish-tushirish va tashish vositalari 
hamda usullaning to’g’ri tanlanishini kuzatib turishi lozim. Bunday ishlar tajribali 
xodim rahbarligida olib boriladi. Bunday shaxslar ”O’zdavkontexnazorat” 
tashkilotlari vakili ishtirokida imtihondan o’tkazilib, maxsus guvohnomaga ega 
bo’lishlari shart hisoblanadi. 


Ish beruvchi (brigadir, master) yuk tushiriladigan maydonchani tayyorlaydi, 
yuklarni ortish-tushirish o’amda taxlash tartibi va usulini aniqlaydi, ishlarni xavfsiz 
bajarish yo’llari va usullari yuzasidan yo’l- yo’riq beradi, mexanizm va kranlar 
bilan ta’minlaydi. 
Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalashtirilgan usulda, ya’ni 
tushirgichlar yordamida, ishlar hajmi kichik bo’lganida esa kichik mexanizatsiyalar 
yordamida amalga oshiriladi.
-20 kg.dan og’ir yuklar uchun, shuningdek, yuklarni 3 m dan balandga 
ko’tarishga ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan usulda amlga 
oshiriladi.
-500 kg.dan og’ir yuklarni kranlar bilan ortish-tushirishga ruxsat etiladi [10].
Yuklarni gorizantal yo’nalishda tashish va ortish uchunpolda yuradigan 
transportdan foydalaniladi, bunday transpot asosan, yuklarni texnologik jarayon 
boshlanadigan joyga va tayyor maxsulotni omborga tashib keltirishda 
foydalaniladi. 
Yuklarni to’g’ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda 
katta ahamiyatga ega. 
Agar yukni ko’chirish vaqtida zanjir va arqonlarning o’z-o’zidan echilib 
yoki siljib ketish ehtimoli bo’lsa, yuklarni tushib ketishi, baxtsiz hodisalar yuz 
berishi mumkin. 
Yuk ko’tarish mashinalari saqlovchiva blokirovkalovchi tuzilmalari bilan 
uskunalanishi shart hisoblanadi. 
Kranlarga yuk ko’tarish imkoniyatini ko’rsatuvchi belgilar, signal asboblari 
(qo’ng’iroq, gudok, sirena) kranlar kabinasidan tashqariga o’rnatiladi. Barcha yuk 
ko’tarish mashinalarida ularning eng ko’p yuklanishi, tartib raqami va navbatdagi 
sinovdan o’tkazilgan kuni haqida ko’rsatilishi kerak. 
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari juda murakkab va ko’p tarmoqli 
tashkilot bo’lib, qaramog’ida katta maydonlar mavjud. Tabiiyki bunday 
maydonlarda xom ashyo, tayyor mahsulot va yordamchi materiallarni bir yerdan 
ikkinchi erga tashish uchun xilma-xil transport vositalari ishlatiladi. 
Masalan, ayrim korxonalarda xom ashyoni poezdlarda yoki avtopoezdlarda, 


traktor va pritseplarda tashib keltirilsa, ularning omborlardan avtomashina, 
avtokara, elektrokaralar yordamida tashiladi.
Tayyor mahsulot, esa yana shu transport vositalari yordamida tayyor 
mahsulot omborlariga va u yerdan konteyner va vagonlarga ortilib savdo 
bazalariga yuboriladi. 
Korxonalarda 
qo’llanadigan 
barcha 
avtomashina 
va 
avtopoezdlar 
“Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoida-lari”talablariga to’liq 
javob berishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan holda korxonalar hududiga 
yurish tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kerak. 
Ularning yurish yo’nalishi piyodalar yo’li kesishmasligi va bu yo’llar 
umumiy yo’l harakati belgilari bilan boshqarib borilishi kerak. 
Bu qoidalar bilan barcha transpot haydovchilari ogohlantirilishi va 
tanishtirib chiqilgan bo’lishi kerak. 
Avtomobil transporti vositalarining harakati paytida, hatto eng past tezlikda 
ketayotganda xam zinapoyalariga va kuzovlariga odamlarning chiqib olishiga yo’l 
qo’ymaslik kerak. Ishlab chiqarish korxonalari hududida ichki yonish dvigatelli 
transpot vositalari albatta (iskragasitellar) uchqun o’chirgichlar bilan ta’minlangan 
holda yurishlari kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida transport vositalari, ma’lum 
aniq marshrut bo’ylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum bo’lgan 
yo’laklar ustidan o’tmasligi kerak. 
Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlar hamda insonga jarohat etkazishi 
mumkin bo’lgan barcha buyumlar tenadan tushib ketmasligini ta’minlovchi 
moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. 
Undan tashqari, konveyerlarning xavfli mintaqalari, odamlar yuradigan 
yo’laklar bilankesishganjoylarida himoya to’siqlari bilan ta’minlanishi shart 
hisoblanadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan tartib qoidalarga so’zsiz rioya qilgan taqdirdagina, 
ishlab chiqarish korxonalarini transport vositalarining xavfsiz ishlashini 
ta’minlashga keraklicha zamin yaratish mumkin bo’ladi [10]. 



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin