Образование и инновационные исследования



Yüklə 304,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü304,47 Kb.
#171564
1   2   3   4   5
1570-Текст статьи-4666-1-10-20221113

Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
135
http://interscience.uz
ta’limi asosiy, yetakchi vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, umumta’lim 
maktablarida “Texnologiya” fani darslari 1-sinfdan boshlab oxirigi sinfgacha 
o‘tiladi. Ko‘rinib turibdiki, texnologiya darslari maktabda uzoq davom 
etadigan o‘quv predmetlaridan biridir.
I-IVsinf bolalarining ko‘pchiligi ustachilik qilishni yaxshi ko‘rishadi. 
Ular kattalarga o‘xshab biron-narsa yasashga intiladilar [4,92]. O‘z istaklarini 
ro‘yobga chiqarishni xohlaydilar. Shu narsa o‘quvchilarni maktab o‘quv 
ustaxonasi bag‘riga tortib turadi. Tanaffus paytlarida va o‘quv mashg‘ulotlari 
nihoyasiga yetgandan so‘ng, ular katta yoshdagi o‘quvchilar qanday 
ishlayotganini ko‘rish uchun oshiqib turadilar. 
Nihoyat, kunlar o‘tib, V-sinf o‘quvchilari o‘quv ustaxonasiga kirib 
keladi. Bu davrda bolalar o‘ta qiziquvchan, tirishqoq bo‘ladilar. Yillar o‘tadi, 
sobiq Vsinf o‘quvchilari sinfdan-sinfga o‘tib ulg‘ayishadi. Ulardagi qiziqish, 
tirshqoqlik sekin-asta so‘na boshlaydi. Chunki, shu yoshdagi bolalarda 
“o‘tish davri” boshlanadi. 
Bolalardagi “o‘tish davri”, shveytsariyalik psixolog Jan Piaja (1876-
1980)ning fikricha, obyekt va umuman borliq haqida mavhum fikrlarning 
yetilishi bilan bog‘liqdir. Fikrlash faoliyatining murakkab-lashishi bola 
hayotining barcha tomonlariga, uning hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Amerikalik psixolog Erik Erikson (1902-1981)ning fikricha, bolada o‘z 
maqsadiga erishishi yo‘lida “ishbilarmonlik” va “ta’sirchanlik” sezgilari 
paydo bo‘ladi [3, 27]. Bu yoshda mehnatga munosabatning asosi tarkib 
topadi. 
“O‘tish davri”dagi bolalarda xayolparastlik boshlanadi [4,49]. 
O‘quvchilarning “o‘tish davri”dagi har xil psixik holatlarni hisobga olib 
tashkil qilingan ta’limning samaradorligi ortadi. Metodika va pedagogik 
psixologiyada o‘quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta’lim 
jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytiradigan omillardan 
foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. 
Ma’lumki, mashg‘ulotlarni olib borish usullaridagi bir xillik 
o‘quvchilarning mehnat ta’limiga bo‘lgan qiziqishlarini susaytiradi.
Shuning uchun o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini tashkil etish yaxshi 
natija beradi. Masalan, “Texnologiya” fani mashg‘ulotlarini noan’anaviy 
usularda o‘tkazish o‘quvchilarning ijodkorligini, izlanuvchanligini va mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday ishlardan biri sifatida V-VII sinflar uchun berilgan darsturning ayrim 
bo‘limlaridagi mavzular o‘rganib bo‘lingach, umumlashtirish – takrorlash 
mashg‘ulotlarini zamonaviy (noan’anaviy) darslarning bir ko‘rinishi – 
anjuman (konferensiya) darsini o‘tkazishni tavsiya qilish mumkin. Xususan, VI 
sinfda amaldagi o‘quv dasturiga muvofiq texnologiya va dizayn yo‘nalishida 
“Yog‘och va unga ishlov berish texnologiyasi” bo‘limi mavjud. Bu bo‘limda 
yog‘och materiallarining olinishi, turlari, tuzilishi, ishlatilishi, xususiyatlari 
va turli xil duradgorlik buyumlarini yasash o‘rgatiladi. Shu bo‘lim yuzasidan 
olingan bilimlarni kengaytirish va atroflicha o‘rganish uchun anjuman 
darsi tashkil qilish mumkin. Misol tariqasida texnologik ta’limi o‘quv 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
136
Education and innovative research 2022 y. №8
fanining texnologiya va dizayn yo‘nalishidagi yog‘ochlarga ishlov berish 
ishlarini o‘rgatishga oid darslarni anjuman dars shaklida o‘tkazish bo‘yicha 
tayyorlangan dars ishlanmasini keltiramiz. Bunda o‘quvchilarga anjumanda 
bayon etadigan tushunchalari o‘zlariga mos holda bo‘lib berilgan bo‘ladi. Dars 
davomida o‘quvchilar pedagogik va psixologik tomondan kuzatib boriladi. 
O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlarini hisobga olib, ular uch guruhga 
bo‘lib olinadi: 1-guruh: “O‘lkashunoslar”; 2-guruh: “Duradgorlar”; 3-guruh: 
“Tadbirkorlar” [5,73]. O‘qituvchi konferensiya darsi bo‘lishidan oldin 
guruhlarga qanday manbalardan foydalanish va fikr yuritish yo‘nalishlari 
haqida ko‘rsatmalar beradi. Bunda o‘qituvchi sinfdan tashqari manbalar: 
adabiyotlar, radio eshtirish, teleko‘rsatuvlar va matbuot materiallari hamda 
mahalliy dalillardan foydalanishni o‘quvchilarga tavsiya etadi. O‘quvchilar 
shular asosida tayyorgarlik ko‘rib, rang-barang materiallarni yig‘ib keladilar. 
Anjuman darsning rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Darsning maqsadi: a) o‘quvchilarning yog‘ochlarni ishlash bo‘yicha 
olgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish, kengaytirish va ularni 
amalda qo‘llay olishni o‘rgatish; b) o‘quvchilarni tabiatni sevishga, inson 
mehnatini qadrlashga, tejamkorlikka, tadbirkorlikka va ishbilarmonlikka 
o‘rgatish; c) o‘quvchilarning o‘lkashunoslik, duradgor-lik va sotuvchilik 
sohalariga oid kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Dars uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi: a) dunyoning geografik 
xaritasi; b) yog‘och namunalari to‘plami; c) yog‘och turlarini aks ettiruvchi 
ko‘rgazma; d) turli xil duradgorlik buyumlari; e) stanoklar, duradgorlik 
o‘lchov va ish asboblari; f) sotuvchilik rastasi va unga qo‘yilgan duradgorlik 
buyumlari; g) ustalar, sotuvchilar haqida ma’lumot va ularning ishlaridan 
namunalar; h) maktab hisobiga keltirilgan foyda haqidagi ko‘rsatkichlar.
Anjuman darsi quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar!
Bugungi, yog‘ochlarni ishlash mavzusiga bag‘ishlangan anjumani-mizni 
boshlaymiz. Anjumanda yosh o‘lkashunoslar, duradgorlar, tadbirkorlar 
qatnashmoqda. So‘z yosh o‘lkashunoslarga, marhamat! 
1-o‘lkashunos. Ma’lumki, yog‘ochlar muhim qurilish materiali 
hisoblanadi. Yog‘ochlar daraxtlardan olinadi. Daraxtlar esa biz yashab 
turgan tabiatda o‘sadi. Ularning turlari juda ko‘pdir. Terak, tol, qayrag‘och, 
baqaterak, chinor; Mevali daraxtlardan olma, behi, o‘rik, olcha, yong‘oq 
kabilar o‘sadi. 
2-o‘lkashunos. Daraxtlar barglarining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi: 1) 
nina bargli; 2) keng bargli (yaproqli). Nina bargli daraxtlar, asosan, Yevropa 
o‘rmonlarida o‘sadi, ularga archa kabilar; keng yaproqli daraxtlargayoq
qayin, dub, terak, qayrag‘och, tol va hokazolar kiradi (shu daraxt turlari 
o‘sadigan joylarni dunyoning geografik xaritasidan ko‘rsatib beradi).
3-o‘lkashunos. Daraxt yaproqlari kuz faslida xazonga aylanib, yerga 
to‘kiladi. Ko‘pincha, daraxtlarning xazonga aylangan yaproqlarini 
e’tiborsizlik bilan yoqib yuborishga harakat qilamiz. Ana shu yongan yaproq 
tutunlari natijasida atrof muhit zararlanadi. Biz nafas olib turgan atmosferada 



Yüklə 304,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin