33-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli tovushni qo‘yib, Konfutsiyning hikmatlarini o‘qing. So‘zlarni talaffuz qilganingizda qanday holni kuzat- ganingizni bayon qiling. Shogird:
– Odamgarchilik…a qanday erishish mumk…n? – deb
so‘radi.
Muallim javo… berdi:
– ...z ishini oliy darajada bajarish uch…n hunarman... avval
asbo…larni sozlaydi. Yaxshi niyatli va yuksak insoniy fazilatga
ega kishilar o‘z man…aati evaziga odamlarga ziyon keltirishni
xo…lamaydilar. Ulardan ibrat ol va ya….shilar bilan do‘stlash.
(
“Hikoyalar sarasi” dan )
34-mashq. Odamiylik, yaxshilik haqidagi maqol yoki hikmatli so‘z- lardan 3 ta yozing. Lablarimiz ishtirokida hosil bo‘lgan tovushlarning talaffuziga diqqat qiling, tagiga chizing. Namuna: Odamiy ersang, demagil odamiy,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. (
Alisher Navoiy )
Lug‘at: ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish
mezon – o‘lchov
tamal toshi – poydevor
Topshiriqni bajaring.
1. Odamiylikning to‘rt mezonini sanang va sharhlang.
2. Matndagi asosiy fi krni adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda
uch jumlada ifodalang.
2 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz
18
ONA TILI 5-sinf 35-mashq. Uyga vazifa. Odamiylik sifati kuchli bo‘lgan ertak qahra- monlarini tasvirlab 10 ta gap yozing. Jarangli undoshlarning talaffuzda jarangsizlanishi kuzatiladigan so‘zlarni ajratib, tagiga chizing. 9–10-darslar. NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 11-dars.