ONA TILI 5-sinf
55-dars.
Ng, ng
HARFLAR BIRIKMASI
VA UNING VAZIFASI
Aybsiz do‘st qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi
uchun xafa bo‘laveradigan
kishining
do‘stlari dushmanga ayla-
naveradi, chunki singan
ko‘ngilni
tiklab bo‘lmaydi.
Do‘stining
o‘zidan o‘zib ketayotganiga chiday olmagan kishi g‘am ostida
yuraveradi. (
Yusufi y
)
210-mashq.
Quyidagi so‘zlarning imlosi va talaffuziga e’tibor bering.
Ming, yengil, kenglik, ko‘nglim, tarang, durang, tanga.
211-mashq.
Gaplarni ko‘chiring,
ng undoshi
ish tirok etgan so‘zlarni topib ostiga chizing.
1. Dunyo dunyo bo‘lib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon?
(
Muhammad Yusuf
)
2. Sahroyi Kabirda yozsam ko‘nglimni,
Ruhimda chinorday turding, Vatanim. (
Yo‘ldosh Eshbek
)
3. Tanglayimni ko‘targan “kindik momom” qo‘lisan,
Beshigimda sirlashgan shamchirog‘im tilisan. (
O. Hojiyeva
)
Munosabat bildiring.
1. Siz qanday do‘stsiz? Do‘stlik qoidalariga rioya qilasizmi?
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga diqqat qiling.
Ng, ng
harfl ar birikmasi bitta (til orqa) undoshni ifodalaydi. Bu harf-
lar birikmasini ikkita alohida
n
va
g
undoshlarini ifodalovchi harfl arning
yonma-yon kelishidan farqlash lozim.
Ng, ng
harfl ar birikmasi bir bo‘g‘in tarkibida,
n
va
g
harfl ari bosh-
qa-boshqa bo‘g‘inlar tarkibida keladi. Solishtiring:
shud-ring, ko‘-ngil,
sing-gan, ko‘rdi-ngiz; men-ga, osmon-ga sin-gan.
Rus-yevropa so‘zlarida har doim alohida tovushlarni anglatadi:
kon-gress, shtan-ga.
http://eduportal.uz
|