O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə18/31
tarix28.03.2017
ölçüsü0,72 Mb.
#12670
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31

EXINOKOKKOZLAR

Exinokokkozlar - gijjalarning lichinkalari ko'zg'atadigan kasalliklar guruxiga mansub. U barcha qit'alarda tarqalgan bo'lib, insonlar salomatligaga va ayniqsa chorva xo'jaliklariga katta talofat yetkazadi.

Exinokokkozlar ikki xil bir-biriga o'xshash, ammo mustaqil (o'zlarning aloxida qo'zg'atuvchisi) bo'lgan kasalliklarni o'zida birlashtiradi. Bular exinokokkoz va alveolar exinokokkoz (alveokokkoz) lardir.

EXINOKOKKOZLAR

Exinokokkoz — jigarda, kamrok o'pka va boshqa a'zolarda, bir kamerali pufak yoki pufaklar xosil qiluvchi surunkali parazitar kasallikdir.



Etiologiyasi. Exinokokkoz qo'zg'atuvchisi Echinococcus granulosus deb ataluvchi gijjaning lichinkalari bosqichidir. Gijjalar o'zining jinsiy yetuk bosqichida it, mushuk, bo'ri, shaqol, yovvoyi it va mushuklar, arslon singari xayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladilar. Exinokokkning kistasi — 1-50 mm kattaligida, bir kamarli pufak (kista) dan iborat bo'lib, devori ikki kavat pardadan tashkil topadi. Pufakcha ichida sukmushk va 100 ga yaqin gijja lichinkasi bo'ladi. Exinokokk uzunligi 2-7 mm keladigan mayda tasmasimon gijjadir. Uning boshida (skoleks) 4 ta so'rg'ichi va ikki kator joylashgan (38-40 ta) ilmoqlari bor. Tanasi 2-6 bo'lakchadan iborat bo'lib, oxirgi bo'lakcha ichi tuxumchalar bilan to'la bachadondan tashkil topadi.

Epidemiologiyasi. Exinokokkoz og'iz orqali yuqadigan zoonoz biogelmintoz xisoblanadi. Odam uchun asosiy invaziya manbai uy itlari, kamroq xollarda bo'ri, shaqol va shu kabi xayvonlardir. Yetilgan tuxumlar va gajjaning tuxumlar bilan to'la bo'lakchalari hayvonlarning axlati orqali ajralib, ularning junlari va atrof muxitni ifloslantiradi.

Odam va boshqa oraliq xo'jayinlarga gijja tuxumi og'iz orqali gijjali xayvonlar bilan muloqotda bo'lganda, ifloslangan mevalar, yoki suv iste'mol qilinganda yuqadi. Exinokokkoz O'rta Osiyo Respublikalarida ko'proq tarqalgan.



Klinikasi. Exinokokkoz 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda va asosan o'rta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Eng ko'p (50-80% bemorlarda) kuzatiladigan jigar exinokokkozi kechishida uchta bosqich farqlanadi: 1-bosqich — latent davri — gijja yuqqandan, to birinchi klinik simptomlar paydo bo'lganga qadar, 2-bosqich - kasallikning klinik belgilari namoyon bo'lishi bilan boshlanadi. Bemorlar odatda ishtaxaning pasayishi (yo'qoliish), darmonsizlik, ozish, bosh og'rig'i, vaqti-vaqti bilan tana xarorati bir oz ko'tarilishi kabi alomatlarga shikoyat kiladilar. Ko'pchilik bemorlar o'ng qobirga ostida og'irlik va qorinda og'riq his etadalar, ko'ngillari aynab, ba'zan quusadilar va ichlari buziladi. Ayrim bemorlar terisida qichimali allergik toshmalar ko'riladi. Jigar (asosan o'ng bo'lagi) kattalashgan va qattiqlashgan bo'ladi. 3-bosqichda turli asoratlar namoyon bo'ladi. Bunda turli darajadagi (hatto anafilaktik shok) allergik belgilar, exinokokkning boshqa a'zolarga tarqalishi, pufak yiringlagan taqdirda a'zoda abssess belgilari yuzaga keladi. Agar kista yorilib, yiring qorin bo'shlig'iga tushsa — peritonit, plevralar oralig'i bo'shlig'iga tushsa chiopnevmotoraks ravojlanadi.

Periferik qonda — eozinofiliya va ECHT ortishi.

O'pka exinokokkozi 15-20% bemorlarda kuzatiladi. Boshlang'ich davrda — o'pka abssessi rivojlanadi. Unda bemor avvaliga ko'kragida og'riq xis etadi, nafasi tezlashadi, yo'tal paydo bo'ladi, shilimshiq, keyinchalik yiring va ozgina qon aralash balg'am chiqaradi. Tana harorati ko'tarilib, bemorning ahvoli kundan-kunga og'irlashib boradi. Keyinchalik exinokokk pufagining yorilishi bemor axvolining keskin o'zgariishga olib keladi. Exinokokk pufagi bronxga yorilganda qattiq yo'tal paydo bo'lib, bemorning nafasi qisib, yuzi ko'karadi, ko'p-ko'p, ba'zan qon aralash, balg'am ajraladi. Balg'amda bunday xolat bir necha kun, ba'zan bir necha xafta davom etib, so'ngra aspiratsion pnevmoniya alomatlari rivojlanadi. Pufak plevra bo'shlig'iga yorilganda ekssudativ plevrit hamda pnevmo- va piopnevmotoraks alomatlari yuzaga kelishi mumkin. Pufak perikarda yorilganda esa shok yuzaga kelishi va bemor to'satdan o'lishi mumkin. Buyrak, bosh miya va boshqa a'zolarning exinokokkozida shu a'zolarning kasallik alomatlari kuzatilada. Bunday xolda albatta jigar exinokokkozini xam axtarmoq kerak.

ALVEOKOKKOZ

Alveokokkoz — og'ir, surunkali rivojlanib boruvchi, jigarda yakka, yoki tarqoq o'smasimon qattiq tugunlar xosil qiluvchi va boshqa a'zolarga metastaz beruvchi parazitar kasallikdir.



Etiologiyasi. Alveokrkkoz ko'zg'atuvchisi —Alveococcus multiloculeris ning lichinkalaridir. Bu gijja jinsiy yetuk davrida tulki, it, bo'ri, mushuk singari xayvonlarning (asosiy xo'jayin) ingachka ichagida parazitlik qiladi. Lichinkalik davrida esa, sichqonsimon kemiruvchi xayvonlar va odam (oraliq xujayinlar) — organizmida istiqomat qiladi. Alveokokkning lichinkasi bitta yaxlit parda bilan o'ralgan juda ko'p pufakchalardan iborat bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Alveokokkoz xam og'iz orqali yuqadigan zoonoz biogelmintozdir. Uning tabiiy o'choqlari mavjud. Invaziya manbai va gijjaning oxirgi xo'jayini tulki, bo'ri, bo'rsiq, ba'zan it, mushuk va shularga o'xshash xayvonlardir. Gijja tuxumlari shu xayvonlar axlati bilan tashqariga chiqariladi va atrof muxitni ifloslantiradi. Uy qoramollari alveokokkozning tarqalishida ishtirok etmaydi va shu bilan exinokokkozdan farq qiladi. Gijja tuxumini odamga yuqishi, ifloslangan xo'l mevalar istemol qilganda yoki o'ldirilgan tulki va bo'rilarning terisini shilganda sodir bo'ladi. Alveokokkozning tabiiy endemik o'choqlari O'zbekistonda kam uchrab turadi.

Klinikasi. Alveokokkoz ko'proq yosh va o'rtacha yoshda (20-50) odamlarda, shuningdek, 6-13 yoshdagi bolalarda kuzatiladi. Kasallik kechishida — boshlang'ich, asoratlanmagan asoratlangan va terminal (so'nggi) bosqichlar farqlanadi.

Boshlang'ich davrida bemorlar vaqti-vaqti bilan jigar sohasida og'riq, ba'zan o'ng qobirg'a ostida va to'sh ostida og'irlik his etadilar. Paypaslab ko'rilganda, ayrim bemorlarda jigar sathida qattiq tugun aniqlanadi.



Asoratlanmagan davrida - jigardagi og'riq biroz ortadi, ba'zan bemorning ichi buziladi. Paypaslab ko'rilganda jigar kattalashgan, bir qismi toshdek qattiq bo'ladi. Qonda eozinofiliya (6-15% gacha), ECHT ancha ortgan, shuningdek, gaperproteinemiya (100-110 g/l gacha) va gipergammaglobulinemiya (35-60% gacha) kuzatiladi.

Asoratlangan bosqichida — ko'pincha mexanik sariqlik, ba'zan portal yoki koval gipertenziya alomatlari yuzaga kelada. Shuningdek alveokokk tugunlari qo'shni a'zolarga: buyrak, o'pka, perikard, suyaklar va boshqalarga o'sib kirishi mumkin. Alveokokkni boshqa a'zolarga (o'pka, bosh miya, buyrak, suyaklar va b,) metastaz berishi uning og'ir va yomon kechishidan dalolat beradi.

Alveokokk tuguni markazida nekroz ro'y berishi tufayli jigar abssessi va yiringli xolangit rivojlanishi mumkin. Bu pufaklar bronhlarga, plevra, perikard, yoki qorin bo'shlig'iga yorilganda u joylarda yiringli yallig'lanishlar rivojlanadi.

Kasallikning terminal bosuqchida ~ bemorning a'zolarida qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar va kaxeksiya kuzatiladi. Alveokokkoz kasalligi uzoq yillar, xatto o'n yillab davom etadi.

Tashhisi. Exinokokkoz va alveokokkozlarni aniqlash asosan klinik, rengenologik va laboratoriya usullarida asoslanada. Serologik reaksiyalar, jumladan bilvosita gemoglyutinatsiya reaksiyasi (RPTA), shuningdek, lateks-agglgotinatsiya (RLA) reaksiyasi xamda enzim-nishonlangan antitelolar (REMA) reaksiyasi yaxshi natija beradi. Exinokokkoz va ayniqsa alveokokkoz tashxisotida rentgenologik, shuningdek, radioieotop, ultratovush (UZI) xamda endoskopik tekshiruvlar keng kullanadi.

Davolash. Exinokokkoz va alveokokkozni davolashda asosan jarroxlik usullari xamda mebendazol (vermoks) tavsiya etiladi. Exinokokk, yoki alveokokk kistalari yoki o't yo'llarida ikkilamchi infeksiya rivojlangan taqdirda, ta'sir doirasi keng bo'lgan antibiotiklar qo'llanadi.

Dispanser kuzatuv. Exinokokkozli bemorlar jarroxlik operatsiyasidan keyin 5 yil davomida har yilli 1-2 marta ko'rikdan o'tib turadilar. Alveokokkozli bemorlar esa umrbod dispanser kuzatuvda bo'ladilar.

Profilaktikasi. Shaxsiy gagiyena qoidalariga rioya qilish, ichimlik suvlarni albatta qaynatib, xo'l mevalarni yuvib iste'mol qilish, uy xayvonlari (it, mushuk) bilan muloqotda yoki tulki terisini shilishda extiyot choralarini ko'rish muxim axamiyatga ega.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin