Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik
mudhish bo„lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf
etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bo„lmaydi. Agar hukumat
fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli
nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va
bartaraf etish bo‗yicha faol bo‗lishga shart-sharoitlar yaratmas ekan
fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bo‗lib,
ular serqirra faoliyat yuritadilar. Masalan, jamiyatdagi ma‘lumotlilik
1
Карпова Н.В. Политическая культура в процессе становления гражданского общества// Вестник Московского
университета. – Сер. 18 : Социология и политология. – 2006. – №1.
48
darajasini oshirish yoki zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini joriy etish
bo‗yicha ma‘lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga
tegishli qonun o‗zgartirishlari taklif etishlari mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo‗yicha,
yuqumli kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi,
chiqindilardan tozalash bo‗yicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli
fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ning 2017 yil
27 martda ―Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil
institutining faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlar to‗g‗risida‖ PQ-2851-sonli qaroriga asoslanib hozirgi kunda
fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining
faoliyatini takomillashtirish va tuzilmasini optimallashtirish, jamoatchilik
bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqot ko‗lamini yanada kengaytirish, fuqarolik
jamiyati
institutlarining
faolligini
oshirish,
ularning
mamlakatni
demokratik yangilash va modernizatsiya qilish bo‗yicha amalga
oshirilayotgan islohotlardagi roli va ahamiyatini kuchaytirdi.
Bir so‗z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik,
fuqaroviy ong va fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson salohiyatidan
foydalanish, insonning o‗zligida, uning qalbida mavjud bo‗lgan birdamlik,
saxiylik, bag‗rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‗zi kifoyadir.
3. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va
erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‗rtasidagi
munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda
demokratik qadriyatlar o‗ziga xos tamoyillir va me‘yorlar asosida qabul
qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi
ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me‘yorlar va qadriyatlar
hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‟naviy sohalarda
me‟yoriy, shakllantiruvchi, yo„naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari
rang barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta‘sirlashgan holda o‗zaro
kesishadilar va bir-birini to‗ldiradilar. Ularning ko‗pchiligi davlat va uning
institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me‘yoriy hujjatlar,
qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi
erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me‘yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga
oshiradigan maxsus tuzilmalar bo‗lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari
alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‗liq.
49
Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo‗ladi.
Kishilar shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o‗z qarashlari,
tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, me‘yorlarini turli ko‗rinishlarda
namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari
namoyon bo‗ladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi. Aynan
tizim holida bo‗lganligi tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir shaxsning
qadriyatlarini hayotga tatbiq etadi, uning jamiyatga, davlatga, boshqa
fuqarolarga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Fuqaroning mas‘uliyati,
maqsadlari, vazifalarini belgilashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan
xususiyatlarini shakllantirishga ko‗maklashadi. Aynan ana shu tarzda
shakllangan fuqaroviy ong fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat
qiluvchi qadriyatlar, me‘yorlar, g‗oya hamda tasavvurlarni shakllantirish,
jamiyatni komillik va erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan
jarayon bo‗lgani singari fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida
shakllanadi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong shu mamlakatdagi
ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos ravishda shakllanadi. Shu
mamlakatga xos bo‗lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks
ettiradi.
Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‗lib, uni sun‘iy
jihatdan tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy
omillar negizida tadrijiy tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud
demokratik qadriyatlarni o‗zlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu
jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me‘yorlar va qadriyatlarni
saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.
Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar mustahkamlanib,
asta sekinlik bilan fuqarolik tajribasi to‗planib boradi.
Fuqarolik ongi bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Fuqarolik ongi
ijtimoiy tizimning o‗zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib
boradi. Boshqa tarafdan fuqarolik ongi ijtimoiy o‗zgarishlarni keltirib
chiqaruvchi faol omil hisoblanadi. U fuqarolarni faol harakatga boshlovchi
tasavvurlar bilan bog‗liq bo‗lganligi tufayli, jamiyat o‗zligining
yangilanishiga, ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi
mumkin. Fuqarolik ongi ijtimoiy taraqqiyotning ruhiy negizini yaratgan
holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Fuqarolik ongi yangi g‗oyalarni qabul qilish darajasida ochiq
xarakterga ega. Yangi g‗oyalar shu tizimga mos ekanligi o‗z isbotini
topgan taqdirda asta-sekin jamiyatning mohiyatiga singib boradi.
50
Madaniy yangilanishlar uzluskiz tarzda ijtimoiy ongga ta‘sir
ko‗rsatish darajasida ko‗p ro‗y bergan taqdirda jamiyatda voqelikni his
etish uchun yangicha usullar vujudga keladi va bu o‗z navbatida fuqaroviy
ongning o‗zgarishiga olib keladi.
Mamlakatda siyosatni tubdan o‗zgartirish, hatto mulkka nisbatan
munosabatni ham butunlay o‗zgartirish mumkin, ammo kishilarning asosiy
qarashlari va qadriyatlarini tezlik bilan o‗zgartirib bo‗lmaydi.
Fuqarolik ongi umumiy tamoyillargagina asoslanmasdan, mohiyati
jihatidan o‗zgarib boradi. Albatta jamiyatda barqaror bo‗lgan, har qanday
siyosiy tizimga xos bo‗lgan tarixiiy tajriba, an‘analar singari o‗zgarmas
xususiyatga ega qadriyatlar mavjud bo‗lib, ular fuqaroviy ongda ro‗y
berishi mumkin bo‗lgan tezkor o‗zgarishlarni tiyib turadi. Yangi tarixiy
tajriba esa aynan ana shunday qadriyatlar negizida vujudga keladi va
fuqarolar ongiga singib boradi.
Tushuncha sifatida ―fuqarolik ongi‖ haqida gap ketganda avvalo
fuqaroning davlat bilan siyosiy-huquqiy munosabatlari nazarda tutilib,
kishining biror-bir davlatga mansubligi va shu davlatning qonunlariga
bo‗ysunishi tushuniladi. Kishining huquqiy maqomida ifodalangan
fuqarolik davlat bilan fuqaro o‗rtasida amal qiladigan bir qator huquq va
burchlar bilan mustahkamlangan.
Turli ijtimoiy sub‘ektlarning o‗zaro ta‘sirlashuvi ro‗y beradigan va
manfaatlari amal qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib
boradi va ularni aks ettiradi. Shuningdek, u kishilararo munosabatlarga
ta‘sir ko‗rsatgan holda ularga aniqlik, mazmun va shakl bag‗ishlaydi.
Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan davlat
o‗rtasida haqiqiy va me‘yoriy munosabatlar to‗g‗risidagi tasavvurlari
fuqaroviy ongda mujassamlashgan.
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa
me‘yorlar, talablar, tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash
shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy elementlari sifatida namoyon bo‗ladi.
Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan
boyishni taqozo etadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin
sharoitda yashashga qanchalik tayyor ekanliklari, ya‘ni shaxslarning
fuqaroviy yetukligi va faolligiga bog‗liq. O‗z navbatida fuqaroviy yetuklik
va fuqaroviy mus‘uliyat jamiyat a‘zolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan
belgilanadi. Aynan fuqaroviy ong jamiyatning ma‘naviy, intellektual
hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini shakllantiradi.
Davlat va jamiyat, davlat va shaxs o‗rtasidagi munosabatlarning
tabiati haqidagi bilimlarning kengayishi ―fuqaroviylik‖ tushunchasini
51
qayta-qayta tafakkur qilishni taqozo etadi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida
sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: |