Oвid haydarov


tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  bilan



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  bilan 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
dasturlarini, 
shu 
jumladan  tarmoq,  hududiy  dasturlarni,  shuningdek  normativ-
huquqiy  hujjatlarni  hamda  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlariga  daxldor  bo‗lgan  boshqa  qarorlarni  ishlab  chiqish 
hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir‖
1
 
Shuni  unutmaslik  kerakki,  ―Ijtimoiy  sheriklik  to‗g‗risida‖gi  Qonunda 
ijtimoiy  sheriklik  sub‘ektlari  davlat  organlarining  nodavlat  notijorat 
tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  deb 
ko‗rsatilishi  mamlakatimizda  mehnat  munosabatlarida  ham  ijtimoiy 
sheriklik  mavjudligini  inkor  qilmaydi.  Mehnat  munosabatlari  sohasidagi 
ijtimoiy  sheriklik  masalalarini  O‗zbekiston  Respublikasining  ―Mehnat 
Kodeksi‖, o‗ttizdan ortiq qonunlari va boshqa me‘yoriy- huquqiy hujjatlari 
tartibga  soladi.  Bu  haqda  ―Mehnat  Kodeksi‖ning  1-moddasida  shunday 
deyiladi: ―O‗zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда
 


149 
 
to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlari,  jamoa  kelishuvlari,  shuningdek  jamoa 
shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi‖
1
.  
Mehnat  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  munosabatlari  mamlakatimizda 
dunyoning  ko‗p  mamlakatlarida  bo‗lgani  singari  bipartizm  (ikki 
tomonlama)  shaklida,  masalan,  jamoa  shartnomalari  hamda  tripartizm 
(uch  tomonlama)  masalan,  ish  beruvchilar,  yollanma  ishchi  va 
xizmatchilar  hamda  davlat  hokimiyati  organlari  yoki  ularning  vakillari 
ishtirokida olib borilmoqda. Mamlakatimizda 2011 va 2014 yillarda ijroiya 
hokimiyati (Vazirlar Mahkamasi), biznes vakillari (Savdo-sanoat palatasi) 
hamda 
yollanma 
ishchi 
va 
xizmatchilar 
(Kasaba 
uyushmalari 
Federatsiyasi)  tonidan  imzolagan  “Bosh  kelishuv”lar  ham  mehnat 
munosabatlari  sohasidagi  ijtimoiy  sheriklik  ham  mustahkam  me‘yoriy-
huquqiy asosda olib borilayotganidan dalolat beradi. 
Har  qanday  mamlakat  hududida  aholining  ko‗pchiligi  manfaatlarini 
ko‗zlaydigan  adolatli  ijtimoiy  tartibotlarni  joriy  etish  faqatgina  davlat 
organlarining  ishi  emas.  Jahon  tarixi  guvohlik    berishicha,  ijtimoiy 
nizolarni  alohlida  holda  davlat  ham,  oila  ham,  bozor  munosabatlari  ham 
hal  etolmaydi.  Faqatgina  ijtimoiy  sheriklik,  ya‟ni  ijtimoiy-siyosiy 
maydondagi  turli  kuchlarning  konstruktiv  muloqotigina  insonlarga  xos 
turmush  kechirish  imkoniyatlarini  berishi  mumkin.  Hozirgi  kunda 
O‗zbekistonda  ijtimoiy  sheriklik    munosabatlarini    hayotga    tadbiq 
etishning  asosiy  maqsadi  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  o„rtasida  katta 
ijtimoiy  ahamiyatga  molik  dasturlarni  amalga  oshirishda  o„zaro 
hamkorlikni ta‟minlashdir. 
O‗zaro  hamkorlik  jamiyatda  mavjud  bo‗lgan  qashshoqlik, 
jinoyatchilik,  atrof-muhitning  ifloslanishi,  yetimlik  singari  ijtimoiy 
muammolarni  hal  qilish  uchun  zarur.  Bu  jarayonda  ishtirok  etayotgan 
barcha  tomonlar  ana  shu  muammolarni  hal  etishda  o‗zlarining 
mas‘uliyatlarini his etishlari lozim.  
Hozirgi  kunda  ijtimoiy  sheriklikning  mohiyati  ijtimoiy-siyosiy 
maydondagi  kuchlar:  davlat  tuzilmalari,  tijorat  korxonalari  va  notijorat 
tashkilotlari  o„rtasidagi  konstruktiv  aloqadorlik  sifatida  anglashiladi. 
Ijtimoiy fanlarda  bu kuchlar  1-, 2-  va 3-sektor nomlari bilan yuritiladi. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin