Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirgan
holda ikki xil xusu-
siyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod tuzilishini oson tushu-
nish imkoniyatini yaratadi:
iste’dod shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikma-
sidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning
yuksak
mahsuldorligi orqali; c) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat
tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli
darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruv-
chi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rni-
ni bosishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
Iste’dod o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi
bilan
ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Iste’dod mahoratning dastlab-
ki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada
tafovutlanadi. Iste’dod katta, ijodiy va zo‘r mehnat
mahsulidir, mehnat
esa hayotiy tajriba va ko‘nikmalar zaruriy majmuasining manbai
hisoblanadi. Ijodiyotning sharti hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va
malakalar yig‘indisining mavjudligidir.
Ijodiy faoliyat iste’dodning
ajralmas qismi hisoblanib, bunda
ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy
lahzadan iborat. Iste’dod imkoniyat
tariqasida psixologik hodisa, ma-
horat esa haqiqatga aylangan imkoniyatning gavdalanishi hisoblanadi.
Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat shaxs iste’dodining
faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: