O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Savdo-sotiq bozoridagi raqobat
– 
kon’yunktura, raqobatchilar, ularning 
strategiyasi va qurilish mahsulotlari bozoridagi taktikasi, tashkilotlar soni, qurilish 
– montaj va boshqa ishlarni bajarish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar haqidagi 
ma’lumotlar tahlilini o’z ichiga oladi. 
Marketing rejasi
 
marketing, narxlarni hosil qilish (narxlarni belgilash)ning 
maqsad va strategiyasini, ishlar va xizmatlarni taqsimlash sxemasini o’zida 
mujassam etadi, reklama va jamoatning fikrini shakllantirishga oid savollarni 
yechadi. 
Ishlab chiqarish rejasi
bo’lajak qurilish ob’ektining ishlab chiqarish 
quvvati to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Agar so’z qurilish tashkiloti 
haqida yuritilayotgan bo’lsa, u holda unda qurilish tashkilotining quvvati, uning 


83 
asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari, tashkilot salohiyati to’g’risidagi 
ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o’zini salohiyatli qilib 
ko’rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo’lgan 
muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta 
bilish. 
Tashkiliy reja
– 
pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali: 
tarkibi, yoshi, ma’lumoti, ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar 
siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o’z ichiga kiritadi. Agar so’z qurilayotgan 
ob’ekt, korxona haqida borayotgan bo’lsa, u holda ham xuddi shunday 
ma’lumotlar keltiriladi. 
Huquqiy ta’minlanganlik.
 
Qurilish
-
montaj va loyihalash firmalari uchun 
ularning tuzilgan sanasi ko’rsatiladi, ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida ma’lumotlar, 
muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami 
(litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash 
to’g’risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin