O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

-
tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaning moliyaviy holati (ahvoli) ga 
bog’liq bo’lmagan holda hamma ishchi-xodimlar bilan hisob-kitob qilish; 
-
qonunchilik va jamoa shartnomasiga muvofiq yollanma asosda 
ishlayotgan fuqarolar uchun ijtimoiy, tibbiy va boshqa turdagi majburiy 
sug’urtalarni amalga oshirish; 

nogironlar va ishlash qobiliyati (ishlash imkoniyati) chegaralangan 
shaxslarni ijtimoiy himoyalash bo’yicha markaziy va mahalliy hokimiyat organlari 
qarorlarini bajarish; 
-
korxona daromadlari haqidagi deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etish va 
qonunda beligilan soliqlarni ko’rsatilgan tartib va o’lchamda o’z vaqtida to’lab 
borish; 
-
kreditorlar oldida majburiyat va burchlarni ijro etishning imkoni bo’lmagan 
vaziyatda korxonaning bankrotligi haqida ariza (xabar) berish. 
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli 
-
bu korxonadir. 


108 
Korxona 
– bu bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi, ehtiyojbop (talab 
qilinayotgan) mahsulotni ishlab chiqarish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoniqtirish 
maqsadida ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish va foyda olish uchun moddiy 
va axborot resurslardan foydalanishga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. 
Korxona o’z faoliyatini amalga oshirish uchun mulchilik yoki to’liq xo’jalik 
yuritish huquqi asosida unga tegishli bo’lgan mulchilikni shakllantiradi.
Quyida ko’rsatilganlar korxona mulki manbalari deb hisoblanadi: 
muassislarning pul va moddiy jamg’armalari; mahsulot sotilishidan, ishlar va 
xizmatlardan keladigan daromadlar; qimmatli qog’ozlar, kapital qo’yilma 
(ajratma)lar, turli darajadagi buyudjetlardan tushadigan daromadlar; aksiyalar, 
tanlovlar, auksion, tender va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali 
davlat korxonalari mulklarini sotib olish, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksiga binoan turli-tuman tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko’rsatish va taqsimlash, tarqatish bo’yicha bir yoki bir nechta xususiy(spetsifik) 
funksiyalarni bajaradigan zavod, fabrika, kombinat va boshqa shu kabi shakldagi 
tashkilotlar yoki muassasalar korxonalar deb tan olinadi. 
Tuzilmasi bo’yicha korxonalar xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarishda 
asoslangan mulkka egalik qiladi va o’zining majburiyatlari bo’yicha bu 
mulkchilikka javob beradi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy, nomulkiy huquqlarga 
ega bo’ladi, javobgarlikni o’z bo’yniga oladi, sudda haqiqiy mulk egasi va 
javobgar shaxs sifatida ishtirok etadi. 
Korxonani har xil parametrlar bo’yicha sinflashtirish mumkin: 
tarmoq mulklari bo’yicha: 
a) moddiy ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog’i (sanoat, qurilish, qishloq 
xo’jaligi); 
b) noishlab chiqarish sohasi tarmoqlari (uy-joy - kommunal xo’jaligi, 
transport, aloqa va h.k.); 
v) aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohalari (sog’liqni saqlash, fan, 
madaniyat va san’at, madaniy-maishiy soha, mudofaa va sh.o’.); 
sonli parametrlar bo’yicha: 


109 
a) kichik korxonalar yoki kichik biznes – 100 kishigacha; 
b) o’rta korxonalar yoki o’rta biznes – 500 kishigacha; 
v) yirik korxonalar yoki yirik biznes – 500 kishidan ortiq; 
sifat parametrlari bo’yicha: 
a) mulkchilik turi (xususiy, qo’shma, davlat, munitsipial, diniy, kooperativ); 
b) chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti (turlari); 
v) tadbirkorlik faoliyati tashkiliy-huquqiy shakllari. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin