O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

 
Nazorat uchun savollar 
 


125 
1.
“Logistika” terminini izohlab bering. 
2.
Qurilishda logistikaning tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida ayting.
3.
Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog’ining moddiy- texnik
ta’minoti tizimini tushuntirib bering. 
4.
Qurilishda moddiy-texnika resurslarining ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish qismlarga ajralishini tushuntirib bering.
5. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi. 
6. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashning shakllari va
usullarini aytib bering. 
7. Qurilish moddiy-texnika ta’minotida logistikani tashkil etishning maqsad 
va vazifalarini gapirib bering.
8. Qurilishda tashkiliy-texnik tadbirlar deganda nimani tushinasiz.
9. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?
10. Oqimlarning turlariga ko’ra logistik tizimlari qaysi guruhlarga 
ajratiladi? 
11. Qurilish firmasi logistika tizimlari qanday belgilar bo’yicha 
turkumlananadi? 
12. Qurilish ishlab chiqarishida logistik tizimlar zanjiri nimani ifodalaydi.
 
 
 
 
 
 
 
 
IX BOB. QURILISHDA MEHNAT RESURSLARI VA 
MEHNAT UNUMDORLIGI 
 
9.1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati 
 


126 
Hozirgi sharoitda mehnatni tashkil etish va uning unumdorligini oshirish 
dolzarb masala sifatida qaralmoqda, chunki ular iqtisodiy o’sish va taraqqiyotning 
yagona manbai deb hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatda yangi ishlab 
chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sanoat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, 
shuningdek ish o’rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi globallashuv sharoitida barqaror 
makroiqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish, ulardan 
samarali va oqilona foydalanish, shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, shuningdek moddiy resurslarning tejalishini ta’minlash kabilar eng 
dolzarb masalalardan biri bo’lib qolaveradi, shuningdek ularning hal etilishi 
natijasida ijtimoiy sohadagi muammolarni ham muvaffaqiyatli hal etishga erishish 
mumkin. Muammoni yechishning mumkin bo’lgan mexanizmi shundan iboratki, 
bunda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan moliya-kredit va 
eksport siyosatini olib borish, jamg’arma va investitsiyalashga bo’lgan real 
manfaatlarning 
harakatlanishi 
uchun 
tegishli 
shart-sharoitlarni 
yaratish, 
imkoniyatlar va ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olgan holda mamlakatda 
tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu bilan birga 
to’plangan intellektual va mehnat salohiyatiga oqilona yondashish zarur bo’ladi. 
Yuzaga kelgan vaziyat korxona ishchi-xodimlari singari davlat organlari 
tomonidan ham mehnat unumdorligini oshirishga yo’naltirilgan zarur chora
-
tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. SHu sababli mehnat unumdorligi, uning 
o’sishi hamma tarmoqlar va ayniqsa qurilish tarmog’i uchun juda dolzarb 
hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligining alohida korxonalar va butun jamiyat rivojlanishi 
uchun muhim ahamiyat kasb etishi mehnat unumdorligi darajasini ko’tarish va 
uniing o’sishiga yordam beradigan zaxira(rezerv)larni yuzaga keltirishga ta’sir 
ko’rsatadigan asosiy omillarni o’rganish naqadar zarur ekanligidan darak beradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin