O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Shartli-sof mahsulot ko’rsatkichi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/125
tarix17.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#156422
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Qurilish iqtisodiyoti

Shartli-sof mahsulot ko’rsatkichi
 
o’ziga to’liq ish haqini va foydani, 
shuningdek, asosiy vositalarning amortizatsion chegirmalarining yig’indisini, ya’ni 
qilingan mehnat qismini ham kiritadi: 
P = Z + Pr + A, (9.2) 
bu yerda: Z – korxona hamma ishchilarining (chegirmalarsiz) to’liq maoshi 
(ish haqi);
Pr – korxonaning foydasi;
A – amortizatsiya chegirmalarining yig’indsi. 
Bu ko’rsatkichning ijobiy tomoni shundaki, yangidan yaratiladigan narxni 
tavsiflash bilan u taqqoslash imkonini beradi. 
Bu ko’rsatkich ishlab chiqarishning materialli sig’imiga bog’liq emas, bunda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning «qulay» va «noqulay» mahsulotga ajratilishi 
inkor etiladi. Bundan tashqari kooperativ yetkazib berish hajmining hamda 
mahsulotni qaytadan hisobga olishning mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga 
ko’rsatadigan ta’siri bartaraf etiladi. Ulardan oxirgisi ishlab chiqarishni 
kombinaziyalashtirishda va ishlab chiqarish hamda sanoat birlashmalarini 
yaratishda (tuzishda) kam bo’lmagan muhim ahamiyatga egadir. Lekin ishlab 
chiqarish hajmini o’lchashning bunday o’lchamidan foydalanish amaliyoti turli 


134 
buyumlarning ancha ahamiyatli tarzdagi rentabelligi va ko’tara narx orqali 
olinadigan foydadagi korxona ulushlarining katta farqlari mahsulot ishlab 
chiqarishda korxonaning real hissasini taqqoslashda va foydani tegishli 
miqdorlardagi ko’rinishda aks ettirishda ishonchli natijalarni bermadi. 
Mehnat sarflari
bajarilgan kishi-soatlar soni bilan ancha aniq ifodalanadi. 
Lekin ularni hisoblash juda ko’p mehnatni talab qiladi.
Kishi-kunlar mehnat sarflarining kishi – soatlarda o’lchangandagiga 
qaraganda kamroq bo’lgan natijani beradi, chunki kishi – kunlar ichki smenali 
to’xtab qolishlarni hisobga olmaydi. 
Ishchi xodimlarning o’rtacha oylik soni kishi – kunlariga qaraganda kun 
mobaynidagi to’xtalishlarni hisobga olmaydi, shunga qaramasdan aynan ishchi-
xodimlarning o’rtacha oylik sonidan yillik mehnat unumdorligini hisoblashda 
foydalaniladi, chunki bu turli korxonalarning, tarmoqlarning va umuman mamlakat 
bo’yicha ko’rsatkichlarning qiyoslanishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik 
faoliyatini ichki ishlab chiqarish bo’yicha tahlil qilishda soatli va kunlik mehnat 
unumdorligi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, unumdorlikni 
aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflarining tegishli 
ko’rsatkichlari tanlanadi va birinchi ko’rsatkichlar ikkinchi ko’rsatkichlarga 
bo’linadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari ko’rsatkichlarining 
ustunligi va kmachiliklarini tahlil qilish asosida shuni ta’kidlash joizki, ularni 
mumkin bo’lgan har qanday uyg’unlashtirish ma’lum bir iqtisodiy mazmunni kasb 
etadi, ularni tanlash esa mehnat unumdorligi darajasini o’lchashning konkret 
masalalari bilan aniqlanadi. Kornxonada unumdorlikni aniqlashning eng keng 
qo’llaniladigan (universal) usuli yil davomida o’rtacha ro’yxat bo’yicha shu 
korxona bitta ishchisiga to’g’ri keladigan korxona tomonidan bir yilda ishlab 
chiqarilgan sof mahsulotning miqdorini hisoblashdan iboratdir.
Mehnat unumdorligining boshqa ko’rsatkichi – mehnat sig’imi - mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan jonli mehnat sarfining yig’indisini 
belgilaydi. 


135 
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imini aniqlash uchun 
hamma ishlab chiqarishga sarflangan sarf
-
xarajatlarni ma’lum vaqtda ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmiga bo’lish kerak bo’ladi. Mehnat sig’imi ko’rsatkichi 
qaralayotgan qurilishga aloqador bo’lmagan boshqa omillarning ta’siriga 
uchramaydi. SHuning uchun mahsulot (ish)ning amaldagi mehnat sig’imi qiymat 
ishlab chiqarish ko’rsatkichiga nisbatan ancha to’g’ri bo’lib, mehnat 
unumdorligining darajasi va dinamikasini tavsiflab beradi.
Mehnatni rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida alohida operatsiyalar, 
buyumlar va ishlarning mehnat sig’imi hisoblanadi. 
Texnologik mehnat sig’imi (T
1
) asosiy ishchi
-
bajaruvchilar va vaqtbay 
ishlaydiganlarning mehnat sarflari bilan aniqlanadi. U ishlab chiqarish 
operatsiyalari, detallar, tugunlar va tayyor mahsulotlar bo’yicha hisoblanadi. 
Xizmat ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imi (T
2
) asosiy tsexlarning yordamchi 
ishchilarining hamda yordamchi tsexlar va bo’limlardagi ishchilarning, ishlab 
chiqarishga xizmat ko’rsatayotgan hamma ishchilarining mehnat sig’imini 
namoyon etadi. Uni har bir operatsiya, buyum bo’yicha yoki buyumning 
texnologik mehnat sig’imiga proportsional hisoblash mumkin. 
Ishlab chiqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T
3
) texnologik va xizmat 
ko’rsatish bo’yicha mehnat sig’imlari yig’indisidan tashkil topadi, ya’ni bu asosiy 
va yordamchi ishchilarning ish birligini bajarishga sarflagan mehnatini ifodalaydi. 
Boshqarish bo’yicha mehnat sig’imi (T
3
) rahbarlar, mutaxassislar, 
xizmatchilar tomonidan sarflangan mehnat yig’indisidan iborat bo’ladi. Bunday 
sarflarning bir qismi bevosita buyumlarning tayyorlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu 
buyumlarga bevosita (bevosita) tegishli bo’ladi, mehnat sarflarining boshqa qismi 
esa buyumlarning tayyorlanishiga bevosita bog’liq bo’lmaydi, ishlab chiqarish 
mehnat sig’imiga proportsional bo’lgan holatda bumlarning tayyorlanishiga 
tegishli bo’ladi. 
Eng yaxshisi, mahsulotning to’liq mehnat sig’imi ko’rsatkichidan 
foydalanish juda qulay bo’lib, bu ko’rsatkich barcha kategoriyalardagi 


136 
ishchilarning mehnat sarflar (kishi-soatlar)ini o’z ichiga oladi va u quyidagi 
formula bo’yicha hisoblanadi 

(9.3) 
Mehnat sig’imi hisoblash usuliga bog’liq ravishda me’yoriy, amaliy,
rejaviy mehnat sig’imlariga ajratiladi. 
Mehnat sig’imi ko’rsatkichlari mehnat unumdorligining darajasini hisoblash, 
yangi konstruktsiyalar, materiallar va texnologik jarayonlarni qo’llashning 
samaradorligini hamda qurilish–montaj ishlarining mexanizatsiyalashganligini 
baholash uchun zururdir. Mehnat sig’imi ko’rsatkichlaridan qurilishda mehnat 
resurslariga bo’lgan ehtiyojlarni hisoblashda foydalaniladi. 
Mehnat 
unumdorligini 
hisoblash 
(o’lchash) 
usullarini 
har 
doim 
takomillashtirib borish taqoza etiladi, shu bilan u yoki boshqa omillardan masadli 
yo’nalishda foydalanishni va konkret iqtisodiy maqsadlarni hisobga olgan holda 
mehnat sig’imining samradorligi (natijaviyligi)ni ob’ektiv (xolisona) baholashga 
erishish mumkin.
Bozor sharoitida boshqarishning zamonaviy iqtisodiy usullarida shunday 
o’lcham birliklarini izlab topish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqdaki, ular 
natijalar va sarf

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin