Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari:
Ilmiy-texnik yangilik;
Amaliy qo’llanilishi;
Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum
darajada iste’molchilar talabini qondira olishi.
Innovatsion jarayon bosqichlari:
1-bosqich bu yangi g’oya va bilimlar;
2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga
tadbiq etish, ya’ni innovatsiya;
3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Ya’ni
innovatsion mahsulot, xizmat va texnologiyalarni
yangi makon va sharoitlarda qo’llanilishi.
Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni
moliyalashtirish.
-
Investitsiyalarni moliyalashtirish kelajakda aniq
mahsadlarga erishishni nazarda tutishi bilan
tavsiflanadi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish iqtisodiy samaraga
erishish, ijtimoiy samara olish, tabiatni muhofaza
qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, ishlab
chiqarishni rivojlantirish yoki samaradorlikni
oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Investitsiyani kiritish va moliyalashtirish qarorlari
aniq hisob-kitoblar va tahlil hamda ekspertiza
asosida amalga oshiriladi.
Demak, investitsiyalarni moliyalashtirishdan avval
ularni kelajakdagi maqsadlariga erishish
imkoniyatlari naqadar erkinligi aniqlanadi
.
Yuqori riskli (venture capital), ya’ni
venchurli moliyalashtirish natijalarini
noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi,
qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan
tavsiflanadi. Bir so’z bilan ifodalaganda,
investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik
darajasi yuqori bo’lganligi bilan
xarakterlanadi. Bunda qo’ldan keladigan
investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga
erishish imkoniyatlari past bo’lishi, yoki
umuman qo’yilayotgan maqsadni qo’lga
kiritilishi noaniq bo’lishi, yoki umuman
kiritilayotgan kapital yo’qotish
imkoniyatlari yuqori ekanligi oldindan
noma’lum bo’lishi bilan aniqlanib turadi.
Venchurli investitsiyalarni qimorga tikish,
kazino, ruletka kabi o’yinlarga mablag’
tikish bilan taqqoslash mumkin bo’lgan
investitsiyalardir. Venchurli investitsiyalar
o’zlarining oqibatlarini noma’lum ekanligi
bilan ajralib turadi.
|