O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə50/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

10.1.1. Yurish va yugurish
Yurish faqat oyoq mushaklarini ishga solib qolmasdan, иbutun tana mushaklariga ta'sir ko'rsatadi va yurak-qon tomiri hamda nafas olish organlari faoliyatini yaxshilaydi.
Kuch berish bilan bo'shashish almashinib turadigan mushak- larning bir tekis ishi xotiijam yurganda organizmning asosiy holatga o'tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga, tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli darajada oshadi.
Har xil saflanishlarda yurish gigiyenik samarasidan tashqari, jamoa bo'lib harakatlanish malakalarini egallashga ham yordam- lashadi.
Gimnastika mashg'ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari qo'llaniladi: sayr qadami yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qo'llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish, tizzalarni baland ko'tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish, yarim- cho'qqayib va cho'qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha katta- katta qadam bilan yurish, qadamlarni juftlab va almashlab yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni sak- rashlar bilan almalashtirib yurish.
Yugurish —yurishga nisbatan ancha harakatli mashqdir. Shu sa­babli иharakat tayanch apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish oiganlariga yurishga nisbatan katta ta'sir o'tkazadi. Yugurish, tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Yugurishning ifodasi va jadalligi turlicha bo'lishi mumkin, shuning uchun иgimnastika darsining barcha qismlarida qo'llaniladi.
Gimnastika mashg'ulotlarida qo'llaniladigan yugurish mashqlari: oddiy yugurish, tizzalarni baland ko'tarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonga siltab yugu­rish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo'shimcha harakatlarni bajarib, burilishlar, to'xtashlar bilan, buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish uchun yugurish, qayta safla- nib, turli to'siqlarni oshib o'tib, to'siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatma-navbat bajarish va h.k.



O'rgatish usullari. Yurish va yugurishni o'rgatishning asosiy usuli yaxlit o'rgatishdir, ya'ni mashqning qanday bajarilishini ko'rsatish va tushuntirishdan so'ng uni yaxlit bajarish tavsiya qilinadi.
Ayrim hoUarda, o'quvchilar mashqlarni bajara olishmasa, qismlarga ajratish usulini qo'llash, ya'ni mashqni qismlarga bo'lib bajarishi kerak.
Birmchi navbatda, oyoq kaftlarining to'g'ri qo'yilishiga ahamiyat berish zarur. Oyoq kaftlari yurishda biroz, tashqariga yugurishda esa to'g'ri chiziq bo'ylab bosiladi (126-rasm). Oyoqlarni yerda «sudra- ladigan» qilib ortiqcha bo'shashtirish va shuningdek, ularni har doim ortiqcha kuchga solish ham kerak emas.
Gavdaning (tik va yon tomonlariga) kam chayqalishiga erishish zarur.



Yurish

со
Yugurish
126-rasm.
Yurishda qo'llar tirsak bo'g'inlarida ham, yelka bo'g'inlarida ham
erkin va keng harakatlanishi kerak. Shug'ullanuvchilarni yurishda va
yugurishda turli uzunlikda qadam tashlashga o'rgatish zarur. Buning
uchun polda yoki maydonchada belgilar qo'yishdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Yurish yoki yugurishning bir turidan ikkinchi
turiga o'tish, odatda, harakat chog'ida amalga oshiriladi.

Fiziologik yuklama yurish va yugurishning tezligini hamda ular-
ning bajarilish davomiyligini o'zgartirish orqali boshqariladi. Yurish
mashqlarini o'tganda, ayniqsa, bolalar guruhlari bilan mashg'ulot
o'tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to'g'ri tutishga qaratilishi zarur.

10.1.2. Muvozanat saqlash mashqlari
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og'irlik marka-
zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni
qanchalik katta bo
clsa, muvozanat shunchalik turg'un bo'ladi.
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta


ahamiyatga ega5 chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o'rindig'i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg'ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko'pincha balandroq tayanch joyida bajariladi.
Turgan joyda bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo'l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda), shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burilishlar, bir va ikki oyoqda o'tirishlar kiradi.
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq holatga o'tish va teskarisi — balandroq holatdan pastroq holatga (shu jumladan, yotish holatiga ham) o'tish, o'tirgan holat­dan siltanib o'tish mashqlari bajarilishi mumkin.
Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka bilan oldinga yurish, ko'zlarni yumib engashib yoki boshni burib yurish), yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilish kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko'proq qismini qo'l va gav­daning qo'shimcha harakatlari, to'xtash, engashish, burilish va h.k.lar bilan yurish tashkil qiladi.
To'siqlarni oshib o'tish, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'tarib o'tish, ikki kishi bo'lib almashib o'tish va aralash tayanish- larda harakat qilish katta amaliy ahamiyatga ega. Xodada muvozanat saqlash mashqlarini bajarganda arg'amchilar, tayoqchalar (sakrab o'tish yoki ostidan o'rmalab o'tish uchun), to'ldirma to'plar (ular ustidan hatlab o'tish uchun) va h.k.lar to'siq bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ko'tarib o'tish uchun yuk sifatida to'ldirma to'plardan foyda- laniladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan guruhlarda sherigini ko'tarib o'tish mumkin. Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo'lib, almashib o'tishning ikki asosiy usuli bor:

    1. Sheriklardan biri xodaga ko'ndalang cho'qqayib, tayanadi yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa uning ustidan hatlab o'tadi.

    2. Xoda ustida sheriklar uchrashganda bir-birining yelkalaridan ushlashib, o'ng oyoqlari kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar oldinga uzatadilar va bir-birini ushlagancha,



Aralash osilish yordamida tirmashib chiqqanda qo'l va yelka
bo'g'imi mushaklariga tushadigan og'irlik ancha kamayadi, biroq
mashq bajarganda oyoq va gavda mushaklari qatnashgani uchun
nafas olishga yaxshi sharoit yaratiladi.

Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish.
Gimnastika devoriga tirmashib chiqish mashqlari:

      1. oyoq va qo'llarni navbatma-navbat almashtirib yuqoriga
        tirmashib chiqish, pastga tushish va yonbosh tomonlarga yurish;


      2. shuning o'zi, lekin ikki qo'l bilan baravariga ushlab tirmashib
        chiqish;


        1. yuqoriga sakrab, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq
          bajarilganda muhofazaga e'tiborni kuchaytirish zarur);


        2. devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin