O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə91/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

16.3. Kasbiy-amaliy gimnastika

Kasbiy-amaliy gimnastika— insonning harakat sifatini tarbiya- lash, rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan hamda uning o'z ixtisosiga xos mehnat harakatlarini tezroq o'zlashtirishga mo'l- jallangan bo'lib, kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kasbiy-amaliy gimnastikaning vosita (mashqlari) va uslublari yordamida bo'lajak kasb (ko'mir kombayni haydov- chilari, quruvchilar, montajchilar, stanokda ishlovchilar, tikuv- chilar, yuqori kuchlanishdagi tok bilan ishlaydigan temiryo'l elektromontyorlari, yog'och konveyerda o'tirib ishlaydiganlar va h.k.)lardagi harakat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlari rivojlanadi va harakat malakalari takomil- lashadi.
Kasbiy-amaliy gimnastika, umumiy jismoniy tayyorgarlik mash­g'ulotlari kabi, asosan, ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida, oliy o'quv yurtlari hamda akademik litseylarda o'tkaziladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik aniq bir mehnat faoliyatiga yuqori talablar qo'yadigan jismoniy sifatlarni, harakat malakalarini va talaba o'quvchilar organizmining psixofiziologik faoliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayon hisoblanib, bu tayyorgarlikda gimnastikaga muhim o'rin ajratiladi.
Sport jihozlari bilan va jihozlarisiz bajariladigan mashqlar, gimnastika jihozlari (gimnastika devori, o'rindig'i, arqon, langar, xoda va boshq.)dagi mashqlar, shuningdek, oddiy akrobatika mashq­lari, oddiy va tayanib sakrashlar kasbiy-amaliy gimnastikaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Kasbiy-amaliy gimnastika bo'lajak yosh ishchi-xizmatchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini va ma'naviy boyligini rivojlantirishga, ularni hayotga, hozirgi davrning yuqori unumli ishlab chiqarish mehnatiga va Vatan himoyasiga tayyorlash uchun xizmat qiladigan va hamma o'quvchi-talabalar uchun yagona bo'lgan umumiy jismoniy tayyorgarlikdan farqi bo'lajak ishlab chiqarish faoliyatidagi ixtisoslikni hisobga olgan holda o'tkaziladi. Uning mazmuniga biror soha mehnat faoliyatining xususiy sharoiti uchun muvaffaqiyatli tayyorlash; mumkin bo'lgan gimnastika mashqlari va boshqa mashqlar kiritiladi.
O'quv rejasi bo'yicha majburiy mashg'ulotlardan tashqari maxsus tashkil qilingan fakultativ va sho'ba mashg'ulotlari katta



ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ertalabki gigiyenik gimnastikaning kundalik mashg'ulotlari jarayonida darsdan tashqari biron-bir sport turi bilan shug'ullanish, shuningdek, jismoniy tarbiya — sog'lom­lashtirish va sayyohlik tadbirlar jarayonida biron kasbni hisobga olgan holda maxsus tayyorgarlikni amalga oshirish mumkin.
Har bir muayyan ixtisos uchun foydaliroq gimnastika mashq­larini yoki sport turlarini tavsiya qilish mumkin. Chunonchi, rnon- tajchi-havaskorlar uchun — batutda sakrashlar, sport gimnastikasi mashqlari, akrobatik sakrashlar, shuningdek, depsinish «ko'p- rikcha»sidan sakrashlar; yengil sanoat ishchilari uchun — panja, kaft harakatlari chaqqonligi va tezligini, shuningdek, oyoq va bel mushaklarining chidamliligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar; suv transporti ishchilari uchun — harakat qilib turadigan tayanch nuqtasi (xodada va boshq.)da muvozanat saqlash mashqlari, tirmashib chiqish, tirmashib oshib o'tish mashqlari katta yordam ko'rsatishi mumkin.
16.4. Sport-amaliy gimnastikasi
Sport-amaliy gimnastikasi turli sport turlaridagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. U jismoniy sifatlarni takomillashtirish va sportchilar organizmining funksional imkoniyatini oshirish uchun qo'llaniladi.
Sport-amaliy gimnastikasi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Gimnastika mashqlari yordamida organizmning turli tarmoqlari faoliyatining rivojlanishiga (turli mushak guruhlariga, tananing alohida qismlariga, organlar va boshq.) tanlab ta'sir ko'rsatish va sportchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy yuklamaning hajmi va ta'sirchanligini maksimal darajada turli-tuman qilish mumkin. Bu hoi aynan sport-amaliy gimnastikasi natijalarini oshirishning eng muhim va yagona vositasi sifatida qo'llash imkonini beradi.
Mushakka zo'r berishning tuzilishi va ko'rinishi bo'yicha u yoki bu sport turining harakat faoliyatiga xos yoki o'xshash mashqlar tavsiya qilinadi. Chunonchi, gavda aylanma harakat qiladigan sport turlarida (figurali uchish, kurash, suvga sakrash) akrobatika mashq­lari keng qo'llaniladi, ular yordamida tayanch-harakatlanuvchi apparat va muvozanat organlari (vestibular analizatorining funk- siyasi) takomillashadi.

Vositalar to'plarni ko'proq nafas olish, yurak, qon aylanish organlariga ta'sir ko'rsatadigan boshqa sport turlarida umumrivojlan­tiruvchi mashqlar, arg'amchi bilan bajariladigan mashqlar va turli xildagi sakrash va irg'ishlar (boks, kurash, yengil atletika va boshq.) katta o'rin egallaydi.
Quyidagilar sport-amaliy gimnastikasining asosiy vositasidir:

  1. jihozlar bilan va jihozlarsiz (gimnastika tayoqchasi, gantellar, to'ldirma to'p, aig'imchoq, rezina amortizator) bajariladigan mashqlar;

  2. ommaviy jihozlarda (gimnastika devorchasi va gimnastika o'rindig'i, arqon, langar, osma maydoncha) va shuningdek, yog'och otda, «eshak»da, halqada, qo'shpoyada va yakkacho'pda bajarila­digan mashqlar;

  3. akrobatika mashqlari, batutda, depsinish «ko'prikcha»sidan sakrashlar;

  4. tayanib va tayanmasdan sakrashlar.

Quyidagi mashqlarni ayrim jismoniy sifatlarni tarbiyalash va takomillashtirish uchun qo'llash zarur:

    1. kuchni rivojlantirish uchun tezkor-kuch mashqlari (o'ta og'ir bo'lmagan yuk bilan eng katta tezlikda va o'ta og'ir yuk bilan charchagunga qadar mashq bajarish) va har tomonlama ta'sir qiluv- chi mashqlarni qo'llash lozim. Masalan, kurashchi, shtangachi, eshkak eshuvchilar uchun blokli qurilmalardan iborat gimnastika jihozlari; sport o'yinchilari uchun jihoz bilan bajariladigan mashq­lar, dinamik ko'rinishdagi oddiy mashqlar, turli irg'ish va sakrash mashqlari juda foydalidir;

    2. egiluvchanlikni tarbiyalash va rivojlantirish uchun harakat - larning amplitudasini asta-sekin oshirib bajarish, sherikning yorda- midan foydalanib mashq bajarish, ommaviy jihoz (gimnastika devorchasi, arqon, langar va boshq.)larda mashqlar bajarish zarur. Masalan, suzuvchilar uchun yelka bo'g'inining yaxshi harakatchan- ligi zarurdir, o'yinchilarga esa (futbol, basketbol), tos-son va boldir- tovon bo'g'inlarining harakatchanligi lozim;

d) chaqqonlikni tarbiyalash va takomillashtirish uchun ko'proq koordinatsiya mashqlarini (har xil usul va yo'nalishda gavda aylan- tirishni talab qiladigan), akrobatika mashqlarini, shuningdek, turli xil sakrashlarni (tayanchsiz, tayanib turib, pastlikka, depsinish «ko'prikcha»sidan aylanib bajariladigan sakrash va boshq.) qo'llash ma'qul.



Sport-amaliy gimnastikasida ko'rsatilgan mashqlar sportchini tayyorlashning turli bosqichlarida, mashg'ulotning barcha davrla- rida, albatta, sport tunning xususiyatlarini hisobga olgan holda qo'llaniladi. Harakat faoliyatining shakli va usuli xos bo'lgan sport turlari (figurali uchish, suvga sakrash va boshq.)dagina ularning har bin xususiyatiga qarab, gimnastikaga xos uslubga erishish zarur, ko'pgina boshqa sport turlari uchun esa harakatlar erkin va keng ampli- tudada bajarilishiga erishish lozim. Gimnastika jihozlarida mashq bajarilar ekan, tezlik faoliyati shiddatli harakat xarakteriga ega bo'lgan sportchilarning mashg'ulotlarda uzoq davom etadigan statik kuch ishlatishiga yo'l qo'ymaslikka erishish zarur.
Sport-amaliy gimnastika mashg'ulotlari kundalik ertalabki gimnastika shaklida o'tkaziladi. Unga gigiyenik gimnastikadan ko'ra, ancha jadalroq bajariladigan mashqlar kiradi va 20—40 minut davom etadi. Sportchining mushaklar chigilini yozishga kiritadigan mashq­larini bajarishi faoliyati bo'yicha muayyan sport turining asosiy hara­kat faoliyatiga o'xshash bo'lishi kerak.

256

IVqism. MASHG'ULOTLARNI O'TKAZISH
SHAKLLARI

17-bob. UMUMTA'LIM VA O'RTA MAXSUS TA'LIM MASKANLARIDA GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARI.
TA'LIM MASKANLARIDA GIMNASTIKA DARSI
Ta'lim maskanlarida gimnastika darsining asosiy shakli — gim­nastikaga ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya darsidir. Shu bilan birga, gimnastika mashqlari kun tartibidagi sog'lomlashtirish mashg'u- lotlarida (katta tanaffuslarda, fizkultdaqiqada, kirish gimnastikasida va boshq.), jismoniy tarbiyaga oid darsdan tashqi tadbirlarda, gimnastik chiqishlarda, sport, Navro'z bayramlarida ham qo'llaniladi.
17.1. Darsning asosiy vazifalari
Gimnastika darslarida ko'pgina sog'lomlashtirish, ta'lim-tarbiya va qo'shimcha vazifalar yechiladi:

      1. Shug'ullanuvchilarning sog'lig'ini saqlash, ularning jismoniy rivojlanishiga hissa qo'shish, chiniqish, to'g'ri qaddi-qomatni shakl- lantirish.

      2. O'quvchilarni gimnastikaga oid maxsus bilimlar bilan boyi- tish. Gimnastika ko'nikmalarini shakllantirish, mustaqil mashg'ulot­larda jismoniy mashqlarni bajarishga o'rgatish. Yangi harakat mashq­larni o'rganishga o'rgatish, mashqlarni tez egallashga imkon yara- tish.Tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, o'z sheriklari bilan muomala qilishga o'rgatish.

      3. Turli qiyinlikdagi gimnastik mashqlarni egallashda uchray- digan to'siqlarni yengish, kasbiy, harbiy-harakat, malaka ko'nik­malarini egallash qobiliyatini rivojlantirish.

      4. O'quvchilarda estetik, irodaviy, ma'naviy-ma'rifiy sifatlarni, chin dildan, o'quv va sport mashg'ulotlariga ongli va sidqidillik bilan yondashish, jamoa ishlariga, mehnatga, vatanparvarlik, o'rtoqlik hislarini tarbiyalaydi.

17.1.1. Darsga qo'yiladigan umumiy talablar
Gimnastika darsi quyidagi didaktik talablarga javob berishi shart:
a) u aniq ta'lim maqsad va vazifaga javob berishi kerak;

17 - 361

257



b) darsda sog'lomlashtirish, ta'lim va tarbiya jarayoni bir paytda olib borilishi lozim;

        1. har bir darsga maxsus mashqlar, ularni o'qitish uslubi, o'quvchilar jinsi, salomatligi, tayyorgarligi, ruhiyholati va shaxsiy xususiyatiga e'tiboran differensiyalashgan yuklamalar tanlanadi;

        2. o'qituvchi dars jarayonida shug'ullanuvchilar mashq bajara- yotganda jamoada, yakka tartibda o'quv-tarbiya shaklida o'zaro yordamlashishda xavfsizlikni ta'minlaydi;

        3. dars o'qituvchi tomonidan yaxshi rejalashtirilgan, tashkil- lashtirilgan bo'lib, uning doimiy rahbarligi va nazorati ostida o'tadi.

Ushbu talablar boshqa jismoniy mashqlar mashg'ulotlari turlariga ham taalluqlidir: maktabdagi sport mashg'ulotlari, umum- jismoniy tayyorlash guruhlari mashg'ulotlarida; gimnastika bo'yicha sport sho'balaridagi mashg'ulotlarda va boshqa darsdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlarda qo'llaniladi.
Maktabdagi gimnastika darslari o'zining pedagogik vazifalariga ko'ra: kirish; yangi materiallarni o'rganish; takomillashtirish va o'tilgan materiallarni takrorlash; aralash; nazorat darslariga bo'linadi.
Gimnastika, o'quv jarayonida kirish darsidan
boshlanadi. O'qituvchi bu yerda o'qitish, o'quvchilarni oldiga qo'yilgan vazifa- lar, dasturdagi materiallar mazmuni bilan ularni tanishtiradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin