Barcha tub cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslari tarkibida bo’lgan
rudalar tub rudalar deyiladi.
Daryo, ko’l, dengiz va okean cho’kindilaridan olinadiganlari sochma rudalar
deb yuritiladi.
Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qo’rg’oshin,
rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor mis-qo’rg’oshin-
rux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoýtosh, Langar rangli
metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Ko’kratos, Qizilolmalisoy oltin,
Qo’rg’oshinkon, Oltintopgan qo’rg’oshin-rux, Qalmoqqir mis konlari va boshqalar
topilgan.
O'zbekiston hududida bir necha rudali (temir. titan, marganes, xrom), rangli
(mis, qo'rg'oshin), nodir (volfram, molibden. qalay. vismut, simob, surma),
qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan eng asosiylari
Toshkent viloyatidagi
Qalmoqqir, Sariqcheku hamda
Dalnoye mis konlaridir.
Qizilqumdagi
Muruntog', Kakpatas va boshqa yerlarda oltinning katta zaxirasi
ochilgan boiib, uzoq yillardan buyon keng doirada qazib olinmoqda.
Rangli metallar va ularning qotishmalari xalq xo’jaligida, aviatsiya sanoatida,
raketasozlik, elektrotexnika va radiotexnikada asosiy konstruktsion materiallar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: