O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


§  Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#43023
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

1.3§  Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. 

Bolani  qachon  va  qancha  tayyorlash  kerakligi  haqida  kattalar  orasida  turli 

fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir 

yil  qolgungacha  tayyorlashni  ku-chaytirish  kerak  deb  hisoblashadi.  Ammo 

boshqalar  faqat  mak-tabdan  oldingi  bir  yil  davomida  tayyorgarlik  qilish  kerak  deb 

ay-tishadi.  Ba'zi  ota-onalar  bola  bog'chaga  borishi  bilan  maktabga  tayyorgarlik 

boshlanadi, deb o'ylashadi. 

Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tarbiyachilari bolani 

maktabga  tayyorlash  butun  bog'cha  davrida  amalga  oshishi  kerakligini 

tushunishadi  va  dastur  talablariga  bi-noan  uni  amalga  oshirishadi.  Lekin  aynan 

maktabga  borishdan  avval  ular  tayyorgarlikka  alohida  diqqat-e'tiborini 

qaratishadi:  talaffuzdagi  kamchiliklarni  bartaraf  etishadi,  bilimlarni  bir 

sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo. 

Lekin,    oila  bola  tug'ilishidan  keyin  yashaydigan  birinchi  ijtimoiy  muhit. 

Oilada bola  o'zining birinchi  ijtimoiy  tajriba  va  malakalarini  orttiradi,  ota-ona  va 

kattalar  namunalari  orqali  tarbiyalanadi,  oilaviy  rishtalarni  tushunib  yetadi  va 

qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, mu-him 

ahamiyatga  ega.  Ota-onalarning  ko'pchiligi  bolani  maktabga  tayyorlashda 

bog'cha  bilan  oilaning  hamkorligi  zarur  deb  hisoblashadi.  Ba'zi  ota-onalar  esa 

bolani  maktabga  tayyorlashda  javobgarlikni  bog'chaga  yuklashadi,  ba'zilari  esa 

butun javob-garlikni o'z bo'yniga olishadi. 

Y.A.  Kamenskiy  o'zining  «Onalar  maktabi»  kitobining  maktabga  tayyorlash 

bobida  yozishicha,  barcha  insonlar  bajaradigan  ishlar,  ma'lum  bir  tayyorgarlikni 

talab  qiladi.  Ota-onalar  shuni  o'ylab,  o'z  bolalarini  maktabga  tayyorlashadi. 

Maktabga  har  tomonlama  tayyorgarlikdan  tashqari,  Kamenskiy  ota-onalar 

uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi: 




 

28 


1. Bolalarda 

maktabga 

borganda, 

o'z 


tengdoshlari 

bilan 


o'qi- 

gan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish. 

2. Bolalarga 

maktabdagi 

ta'limning 

mohiyatini 

tushuntirish, 

ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish. 

3. Bolalarda 

bo'lajak 

o'qituvchilarga 

nisbatan 

hurmat 

va 


ishonchni 

shakllantirish. 

Hozirda  ota-onalar  bolalarni  maktabga  qanday  tayyor-lashmoqda.  Ota-

onalarning  ko'pchiligi  maktabda  yaxshi  o'qish-ning  shartlaridan  biri  shaxsning 

umumiy  rivojlanishi  deb  hisoblashadi.  Ammo,  bolaning  aqliy  rivojlanishi  eng 

asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur  va 

xotirani  rviojlantirishga  harakat  qiladilar.  Keyingi  o'ringa  bolaning  o'qish  va 

yozish  malakalarini  rivojlantirishni  qo'yishadi,  yodlatishadi,  suhbatlashishadi, 

birgalikda  mantiqiy  o'yinlar o'ynashadi.  Gohida  mehnat,  sport,  ashula  yoki  raqs 

bilan shug'ullantirishadi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  bolani  maktabga  tayyorlashda  maktabgacha  ta'lim 

muassasalari  tarbiyachilari  bilan  ota-onalarning  hamkorlikda  ish  yuritishi  ijobiy 

natija beradi.  



 

29 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin