154
musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yax-
shi taraqqiy etadi.
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan
zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir
mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish
bo‘lgan.
Har bir kitob qog‘ozidan
tortib muqovasigacha, siyohidan
tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida
tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun
uzoq vaqt sabr-matonat
va ishtiyoq bilan mashq qilish,
mukammal savodli, badiiy didi
baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z
usuli va
uslubini shogird lariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari
davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot
Mirali Tabriziy (1330–1404)
nasta’liq
deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xush navis
xattotlardan biri
Sultonali Mashhadiy (1432–1520) edi.
Sul-
tonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina
qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan.
Sultonali o‘ymakorlik
san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida
maxsus asar ham yozgan.
Sultonali Mashhadiy “Qiblat ul
kuttob” (Kotiblar qiblasi) va
“Sulton ulxattotin” (Xattotlar
sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus
saroy kutubxonalari tash-
kil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug‘asi yoki
kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar,
naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurt-
malarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi
Dostları ilə paylaş: