19
Quyidagi jadvalni G‘arbiy turk xoqonligiga oid
ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Boshqaruvi
Ijtimoiy hayoti
Kashovarzlar ahvoli
6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING
TASHKIL TOPISHI
Tayanch tushunchalar: mahalliy hokimlar, Sug‘d ixshidlari,
Toxariston, Farg‘ona, Choch, Eloq, shahar me’morchiligi.
Mahalliy hokimliklar.
V–VII asrlarda mamlakat
15 dan
ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Bu
viloyat hokimliklari
avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-
da, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki
hayotiga deyarli aralashmaganlar. Markaziy hokimiyatga boj
to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum
darajada
saqlab qoladilar.
Sug‘d.
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi
Sug‘d ix-
shidlari – voha hukmdorlari edi. O‘rta asr davlatlari birlashmasi
ittifoqida
Sug‘d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi.
Mazkur ittifoqda
Zarafshon va
Qashqadaryo vodiylarida
joy lashgan
Samar qand,
Buxoro,
Kesh vohalarining
o‘n bitta
yirik mulklari birlashgan edi. Ularning har biri o‘z hokimi,
harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi.
Sug‘dda aholi gavjum yashardi. Sug‘diylar dehqonchilik
va bog‘dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor
bo‘lgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari
va otlari
juda mash hur edi.
Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilik markaziga
aylanadi.
718-yilda hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan
dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni
temir
qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar.
Toxariston.
Hozirgi Janu biy O‘zbe kiston va Janubiy Toji-
kiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichi
g
a olgan bu tarixiy
viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hin
dikush, g‘arbda
20
Murg‘ob
va Xerirud vodiysi, sharqda Po
mir bilan che
ga-
ralangan. Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon,
Xut tal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi vilo yatlaridan iborat
bo‘l gan. Toxariston poytaxti
Balx shahri bo‘lgan.
Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulat-
gan chorvador qabila –
yuechjilar nomidan olingan. Toxariston
hukmdorlari dastlab
“malikshoh”, keyinchalik
“yabg‘u” nomi
bilan atalgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq
dehqonchilik bi lan
shug‘ullangan. Hunarmandchilikda qurolsozlik, shishasozlik,
to‘qimachilik yuksalgan.
Toxariston Hin diston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari
bi
lan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari
ich ki savdo muomalasida yurgan.
Dostları ilə paylaş: