O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Pul.
 
Ichki bozorlarda “fals” deb atalgan mis chaqa, xalqaro 
savdo-sotiqda esa kumush tanga – dirhamlar ishlatilardi. Mis 
chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a’zo la ri-
dan bo‘lgan ba’zi viloyat hokimlari ham chiqarar edi lar. Kumush 
tangalar faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv, Sa mar qand, 
Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so‘qi lar edi. 
Yer egaligining turlari.
 
Somoniylar hukm ronligi davrida 
yer egaligining “mulki sul toniy”, “mulk yerlari”, “vaqf yer-
lari”, “mulki xos” va “jamoa yerlari” deb ataluvchi 5 turi 
mav jud bo‘l gan.
* Rabot – o
rtа аsrlаrdа аrаblаrning mustаh-
kаmlаngаn qаrоrgоhi. Dаstlаb gоziylаrgа mo‘l-
jаllаb qurilgаn mахsus binо. Kеyinchаlik rabot 
fаqаt qorgоn, istеhkоm mа’nоsidаginа emаs, 
bаlki mеhmоnхоnа (kаrvоnsаrоy) mаzmu nidа 
hаm tushunilgаn
* Karvonsaroy – kаrvоnlаr toхtаb, tunаb otаdi-
gаn rаbоt, sаrоy, mehmonxona. Savdo yollari 
ustida va shaharlarda qurilgan


51
Davlat tasarrufidagi yerlar “mulki sultoniy” deb yuri til gan. 
Hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzo dalarning 
tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tor tib mehnatkash 
qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yer 
largacha “mulk 
yerlari” hisoblangan. Masjid xona qoh va madrasalarga vaqtincha 
yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar “vaqf yerlari” 
deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning 
barchasi dav latga hosilning 1/3 hajmida xiroj to‘lar edi. 
Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo‘l ostidagi yerlar 
“mulki xos” deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan 
mulkdorlar davlatga ko‘pincha hosilning 1/10 hisobida ushr 
soli g‘ini to‘lagan, xolos. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa 
vakil lariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan 
yerlar – mulki iqto yerlari deb yuritilgan.
Bundan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham ma’lum 
hajm da yer maydonlari saqlanib, ular “jamoa yerlari” hisob lan -
gan. Ular asosan lalmikor va tog‘oldi yerlaridan iborat bo‘l gan. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin