O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi.  Gurganch



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. 
Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona 
tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, 
shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy 
ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar faoliyat ko‘rsatgan. 
Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik – xo‘jayi 
buz ruk unvoniga ega bo‘lgan. U devonxona ishlariga mas’ul 
bo‘lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni 
idora etgan.
Mustaqillik uchun kurash.
 
1017-yilda Mahmud G‘azna-
viy tomonidan zabt etilib, o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘l gan 
Xorazm 1040-yilda Saljuqiylar davlatiga qaram bo‘lib qola-


61
di. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o‘z ma’murlaridan Anush-
teginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan 
so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097–
1127) noiblik qiladi. Garchi u “xorazmshoh” unvonini tiklab, 
bunday nom bilan ulug‘lansa-da, Saljuqiylar davlatining sado-
qatli noibiligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qut biddin 
Muhammadning o‘g‘li Otsiz (1127–1156) nomi bilan bog‘liqdir.
Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o‘ziga bo‘ysun-
diradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan Sirdaryo 
etaklari va Mang‘ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy 
dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan 
yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
 
Otsizning 
siyo satini uning vorislari Elarslon (1156–1172), Sultonshoh 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin