Labirint usuli. Bu usulni Smoll (Small) Albion Vudberi o'ylab topgan, amerikalik sosiolog sosial darvinizmning nomoyondasi xisoblanadi. "Amerika sosiologiya jurnali" asoschisi 1895 yilda tashkil toptirgan, 1892 yilda Chikago universiteti sosiologiya fakultetiga asos solgan. Tajriba xayvonchasiga turli xildagi emak qo'yiladi, bunda tajriba hayvonchasi mummoni echimini topgandan so'ng mukofot tariqasida emak berilgan. Agar hayvonchalar noto'g'ri yo'lni tanlaganlarbo'lsalar ularga jazo beriladi. Oddiy shakldagi labirint sifatida T obrazli koridor yoki trubka olinadi. Bu holatda hayvon to'g'ri yo'lni tanlasa mukofot oladi, noto'g'ri yo'lni tanlasa mukofotsiz qoladi, xattoki jazo olishi mumkin. Murakkab labirintlar sifatida T shaklining murakkab turlari keltirilishi mumkin. Natijalar tahlili hayvonlarning xatolari va reaktsiya tezligi orqali aniqlanadi. Labirint usuli hayvonlarning ko'nikma va malakalarini o'rganish holatlari bilan bevosita bog'liqdir. Bu usul orqali hayvonlarda ko'nikmalar xosil bo'lishi mumkin. Ko'nikmalardan tashqari hayvonlarda sezuvchanlik xususiyatini oshirishimiz mumkin. Labirint usuli hayvonlarda xotira, diqqat, idrokni shakllantirishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.