Ochiq maydon metodi (hayvonga erkin tanlash imkoniyati va erkin joy tanlovi imkoniyati beriladi).
Zoopsixologiya metodlarining ba'zi o'ziga xosligi. Zamonaviy psixologiya metodlari ma'lum bir muammolarni echimini topishga qaratilgan xisoblanadi, zoopsixologiyaning ma'lum bir qismi himoya qiluvchi metodlar qatoriga kiritilishi mumkin. Hayvonlarni asosan kuzatish bilan bog'liq bo'lgan metodlar qo'llanilishi mumkin. Shuning uchun ham zoopsixologik tadqiqotlarda foto va video syomkalar keng qo'llanilishi mumkin, boshqa texnik vositalardan ham samarali foydalanishimiz mumkin. Albatta texnik vositalar tadqiqotchining o'tkir nigohini o'rnini bosa olmasligi mumkin. Biroq natijalarni tahlil qilish imkoniyatini tabiiy sharoitda kuzatish natijalarini berishi mumkin. Umuman olganda zoopsixologiya usullari birlamchi natijalarni tahlil qilishda keng qo'llanilishi mumkin.