Zoopsixologiyada nazariyalar klassifikasiyasi. Umuman olganda zoopsixologiya haqidagi nazariyalarni ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin: kreasion (teologik) va rasional (tabiiy ilmiy)7.
Kreatsion harakat nazariyasi faraz sifatida talqin qilinadi, unda quyidagi holatlar tahlil qilinadi yuqori ong mavjudligi boshqalar uchun qaror qabul qilish imkoniyatining mavjudligi. Ular ikki guruhga bo'linadi:
kartezianlik;
harakatning metafizik nazariyasi.
Rasional nazariyaning asosida hayvonlarning hatti harakati ong orqali boshqarilishi talqin qilinadi. Ularni instinktlar deb e'tirof qilinadi. Instinklar esa shaxsiy tajribalar bilan umumlashtiriladi, bunda albatta shaxsiy tajribaning o'rni katta deb xisoblanadi. Oxirgi aytilgan holatlarni insonda improvizasiya deb ataladi. Bu farazlarmaterialistik xisoblanadi. Qattiq rasional xatti-harakat formasini o'rniga hayvonlarda instinktiv xatti harakat va individual xulq atvorni tavsiya qilishadi, biroq evolyusion rivojlanish ularda cheklangan8.
Rasional nazariyalarni bir necha guruhga ajratishimiz mumkin: