Zoopsixologiyada kreatsion nazariya. Kreatsionizm ( lotin tilidan olingan . creator - yaratuvchi) – bu yo'nalish tabiiy fanlarda nomaterial dunyoviy ongni shakllantirish imkonini beradi. Dunyoni yaratilish holatini Xudo tomonidan berilgan deb e'tirof etiladi. Bu nuqtai nazardan hamma narsa Xudoning irodasiga bog'liq deb etirof etiladi. Zamonaviy olimlar ya'ni bu nuqtai nazar tarafdorlari kitoblardagi isbotdan tashqari holatlarni izlashadi. Etologiyada esa bu kam tadqiq qilingan. Biroq har doim ham bu shunday bo'lmagan. Teologik nazariyani ilmiy holatini XVII asrda yashab o'tgan R.Dekart (Rene Decartes 1596-1650)tahlil qildi. Bu nazariyaning asosida xristianlik dinidagi ruhning abadiyligi olindi. Bu g'oya Evropaning ko'p qismida etakchilik qilardi. R.Dekart tanani ruhdan ayri rivojlanishi qabul qilar edi, tafakkurni esa ruhning xususiyatlariga kiritgan edi. Ruh uchun aqliy jarayonlar kerak deb e'tirof etar edi. Ruhning rivojlanish faqat insonlarda deb aytib o'tgan. Hayvonlar uning fikriga ko'ra xissiyotsiz kimyoviy mashina sifatida talqin qilgan10.