17-mavzu. Psixikaning evolutsiyasi va vujudga kelishi.
Reja:
Tropizmlar.
Seskanuvchanlik.
Psixik aks ettirish formalari
Biz yuqorida ko`rib o`tgan seskanuvchanlik o`simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo`lgan (biotik) ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradilar.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug`lik ta`siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma`lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo`lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo`zgatuvchi ta`siri ostida harakatga kelishi va h.k. O`simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat.
Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot tarixi bilan bog`liqdir. A.n.leont`evning gipotezasiga ko`ra, sezuvchanlik "genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta`surotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishga yordam beruvchi, signallik vazifasini
Dostları ilə paylaş: |