Psixologiya


Psixik taraqqiyot va ta`limning o’zaro munosabati



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə95/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
Psixologiya

2. Psixik taraqqiyot va ta`limning o’zaro munosabati

Psixologiya fani zamonaviy ta`limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta`siriga bogliqligini dalillar asosida izoshlab beradi, Ulardan,



  • birinchisi - inson tug’ilib voyaga etadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta`siri;

  • ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta`lim-tarbiyaning ta`siri;

  • uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta`siridir.

Ma`lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya`ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi.

Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a`zosi sifatida, ma`lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a`zosi sifatida qatnashadi.

Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xisusiyatlari, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarakatrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bogliqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma`noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e`tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin