Ishsizlik darajasi = (ishsizlar / ishchi kuchi)x100
Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsiali deb ataladi.
Mahsulotlarning potentsial va haqiqiy ishlab chiqarilishi o’rtasidagi farq YAMM hajmining uzilishi yoki orqada qolishi deb ataladi. U potentsial ishlab chiqarishga nisbatan foizda aks ettiriladi.
YAMM uzulishi =((mahsulotning potentsial ishlab chiqarish-mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarish) / mahsulotning potentsial ishlab chiqarishi)x100.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni
Ishsizlikning ko’payishi natijasida mumkin bo’lgan YAMM hajmini iqtisodiyot ololmaydi. SHu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni tabiiy darajasida saqlash va uni tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YAMM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. SHuning uchun ham potentsial hajmdagi YAMM* haqiqiy YAMM dan katta bo’ladi.
YA’ni, YAMM*>YAMM yoki U*>U. Buning chizma shakldagi ifodasi 10-chizmada berilgan.
Potentsial YAMM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo’q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi va YAMM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. SHuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YAMMni ikki yarim foizga kam oladi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlarni aniqlash imkonini beradi.
10-chizma. YAMMning YAMM*dan nisbatan orqada qolishi
YAMM uzilishi q -2,5 (ishsizlikning tabiiy darajasi _ ishsizlikning haqiqiy darajasi).
Demak, mos ravishda ularning nisbati 1:2,5 yoki 2:5 ga teng. Yo’qotilgan YAMMning esa mutlaq qiymatini hisoblash mumkin. Misol uchun, 1992 yili ishlab chiqarish pasaygan davrda ishsizlik 9,5 foizga teng bo’lgan, deb olaylik. Ishsizlikning tabiiy darajasi esa 6 foizga teng bo’lishi kerak yoki 3,5 foiz ishsizlik uning tabiiy darajasidan ko’p: 3,5 foizni OUKEN koeffitsientiga (2,5) ko’paytirib, 1992 yilda YAMMning potentsial YAMM*dan 8,75 foizga kam olinganligini aniqlaymiz. YAMMning pastroq darajasi o’z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo’lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |